03.05.2012 yildagi 127-son
Hujjat 03.05.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq hamda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 2012-yil 1-yanvardan boshlab ularning pedagogik yuklamasi 10 foizga ko‘paytirilishi bilan bir vaqtda o‘rtacha 20 foizga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.