Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida” 2011-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-302-son Qonunini amalga oshirish, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish tartibining yagona tarzda qo‘llanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlari joylashuvini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruh tashkil etilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlari joylashuvini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek ularni yangi joylarga joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi har bir savdo obyekti bo‘yicha qayta joylashtirishning aniq muddatlarini belgilash, shuningdek joylashtiriladigan yangi joylarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi savdo obyektlarini optimallashtirish va qonun hujjatlari talablariga muvofiq joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi savdo obyektlarining amaldagi joylashuvi hamda joylashuvi qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan savdo obyektlarini qayta joylashtirish yuzasidan takliflarni uch kun muddatda Ishchi guruhga taqdim etsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh qarori asosida, belgilangan muddatlarda, savdo obyektlari qonun hujjatlari talablariga javob beradigan binolar va xonalarga qayta joylashtirilishini ta’minlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi guruhning chakana savdo obyektlari qayta joylashtirilishi, ularni qayta joylashtirish muddatlari va joyi to‘g‘risidagi qarorini tegishli tadbirkorlik subyektlariga yetkazsinlar;
tegishli savdo obyektlarini qonun hujjatlari talablariga javob beradigan yangi joylarga qayta joylashtirishda tadbirkorlik subyektlariga zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ishchi guruh (Azimov R.S.) alkogolli mahsulotlarni chakana sotuvchi ishlab turgan savdo obyektlarining joylashuvini xatlovdan o‘tkazish asosida uch kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari ko‘rib chiqilishini va kelishilishini ta’minlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, ishlab turgan savdo obyektlari ular yangi joyga joylashtirilgunga qadar, kechi bilan 2012-yil 1-oktabrgacha ilgari berilgan ruxsat guvohnomalariga muvofiq alkogolli, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bundan buyon alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berishda alkogolli mahsulotlarni chakana sotish obyektlarini joylashtirish yuzasidan qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsinlar.
9. Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ilgari berilgan ruxsat guvohnomalari ular berilgan muddat tugagungacha amal qilishi hamda alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yig‘im to‘lash majburiyatlari saqlanib qolishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
10. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
a) 3-bandning yettinchi xatboshidagi “umumiy ovqatlanish savdo obyektlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 63-banddagi “Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida (qarorga 2-ilova):
a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “savdo obyektida” so‘zlari “korxonasida” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshidagi “savdo obyektlarining” so‘zlari “korxonalarining” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 15-banddagi “savdo obyektlari” so‘zlari “umumiy ovqatlanish obyektlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“20. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat guvohnomasi mavjud bo‘lganda sotiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak”.