Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2332
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Hujjat 12.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2332]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit tashkilotlari o‘zlaridagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga (bundan buyon matnda KADR deb yuritiladi) va kredit byurolariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy instituti (bundan buyon matnda KAMI deb yuritiladi) kredit tashkilotlarining yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan kredit olish to‘g‘risida berilgan buyurtmalari (bundan buyon matnda kredit buyurtmalari deb yuritiladi) haqidagi ma’lumotlarini hamda kredit axborotini yig‘adi, ular bo‘yicha kredit axboroti ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek KADRni yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kredit axboroti kredit byurosining kredit axboroti ma’lumotlar bazasini shakllantirish manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotini taqdim etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit axborotini taqdim etilishida ularning butligini, ishonchliligini va maxfiyligini ta’minlash maqsadida Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda) muvofiq xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit axborotini tayyorlash, uni KADR va kredit byurolariga taqdim etish kredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kredit tashkilotining mas’ul xodimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar u tayinlangan kundan so‘ng uch ish kunidan kechiktirilmasdan KAMIga va kredit byurolariga yuborilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kredit tashkilotining mas’ul xodimi taqdim etiladigan kredit axborotining maxfiyligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit tashkilotlari kredit buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va kredit axborotini belgilangan tartibda qayd etilganidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan KADR va kredit byurolariga taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit tashkiloti tomonidan KADR va kredit byurolariga yuborilgan har bir kredit buyurtmasiga dasturiy ravishda xos raqam beriladi. Xos raqam, kredit tashkilotining kodi, kredit buyurtmasi kelib tushgan sana va soliq to‘lovchining identifikatsion raqamidan iborat bo‘ladi. Kredit buyurtmasining xos raqami belgilangan tartibda kredit axboroti ma’lumotlar bazasidan o‘chirilgunga qadar o‘zgartirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit tashkiloti kredit berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, kredit buyurtmasining xos raqami kredit tashkiloti va kredit buyurtma beruvchi o‘rtasida tuzilgan kredit bitimiga ham avtomatik tarzda xos raqam bo‘lib sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilayotgan kredit axboroti kredit tashkilotlarining kredit yig‘ma jildidagi kredit axborotiga mos bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taqdim etilayotgan kredit axborotining to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida kredit tashkilotlari o‘zlarining kredit qo‘yilmalarini balansdagi va KADRdagi summalar bilan bir xil yuritishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit byurolari kredit tashkilotlaridan olinayotgan kredit axborotining maxfiyligini ta’minlash uchun undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kredit axborotlarini qayta ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit byurolari mavjud kredit axboroti asosida kredit tashkilotining har bir qarzdori bo‘yicha uning oxirgi 5 yil (yoki yuridik shaxs bo‘lgan qarzdor 5 yildan kam faoliyat yuritayotgan bo‘lsa — u ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab) mobaynidagi statistik, tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijobiy va salbiy xarakterdagi kredit axborotini o‘z ichiga oluvchi kredit tarixlari bo‘yicha kredit axboroti ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kredit axborotining xatoligi aniqlangan taqdirda KADRda va kredit byurosining kredit axboroti ma’lumotlar bazasida kredit tashkilotining xatiga asosan ushbu kredit axborotiga o‘zgartirish kiritiladi. KADR va kredit byurosi xatoligi aniqlangan kredit axborotiga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risidagi elektron bayonnomani tuzadi va uni kamida bir yil saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. KADRdagi va kredit byurolarining kredit axboroti ma’lumotlar bazasidagi kredit tashkilotlaridan olingan kredit axborotini KAMI va kredit byurolari tomonidan o‘zgartirish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 15-bandi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 92-modda; 2014-y., 23-son, 277-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son, 20.06.2019-y., 10/19/2332-3/3312-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)