LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mahsulot yetishtirishini yanada ko‘paytirishda, uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish, qishloqda ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida:
1. Paxta tolasi va g‘alladan bo‘lak qishloq xo‘jalik mahsulotlariga davlat tomonidan belgilangan buyurtma (davlat buyurtmalari) bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-yanvardagi 1068-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1081-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 1994-yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.