Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 25.07.1994 yildagi PF-925-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994 YILNING 1 AVGUSTIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-noyabrdagi PF-1012-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining barcha turdagi pensiyalarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilinishi sababli oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining hududida 1994-yilning 1-avgustidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi oʻrta hisobda 1,4 barobar oshirilsin va ish haqining eng oz miqdori oyiga 100 soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 100 soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozir amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorlari oʻrta hisobda 1,4 barobar oshirilsin va mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 105 soʻm qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1994-yilning 1-avgustidan oliy oʻquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,4 barobar koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy taʼminot vazirligi mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq pensiyalar, stipendiyalarning va xodimlar mansab okladlarining miqdorlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq mehnat haqini oʻz daromad manbalari hisobidan oshirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-925-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 7-son, 218-modda)