19.11.2010 yildagi 220-son
Hujjat 19.11.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlari mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Konstitutsiyaning 54-moddasi va FKning 164-moddasiga ko‘ra, mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
3. FKning 182-moddasiga muvofiq, mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
4. FK 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida fuqarolik huquqlari huquqni tan olish yo‘li bilan himoya qilinishi belgilangan. XPK 24-moddasi birinchi qismining 3-bandiga ko‘ra, xo‘jalik sudi mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolarni hal etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Agar mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish jarayonida mulk huquqini tan olish jismoniy shaxsning huquqi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatiga ta’sir etishi mumkinligi aniqlansa, XPK 117-moddasining 1-bandi qo‘llanilib, da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi, bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xo‘jalik sudlariga tushuntirilsinki, FKning 232-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 33-moddasining to‘rtinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, sudga mulkdor bo‘lmagan, ammo mol-mulkdan xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida foydalanayotgan shaxs ushbu mol-mulkka mulk huquqini tan olish haqida emas, balki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqini tan olish to‘g‘risida murojaat qilsa, sud da’vo arizasini qaytarishga yoki uni qabul qilishni rad etishga haqli emas. Agar da’vo arizasining mazmuni va shakli XPK 112-moddasining talablariga muvofiq bo‘lsa, sud uni ish yuritishga qabul qilib, nizoni mazmunan ko‘rib chiqishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
11. FK 187-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
Keyingi tahrirga qarang.
–– egalik qilish uzluksiz hisoblanadi, agar egalik qilish FKning 187-moddasida nazarda tutilgan muddat davomida uzluksiz bo‘lsa. Mol-mulkning boshqa shaxsga vaqtincha egalik qilish uchun berilishi mazkur muddatning uzilishiga olib kelmaydi;
12.1. FK 212-moddasining birinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 509-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandi talabiga asosan idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan (kengaytirilayotgan), texnika bilan qayta jihozlanayotgan va zamonaviylashtirilayotgan mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlar “Boshdavarxitektqurilish-nazorat” boshqarmasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12.2. FK 212-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, shaxs o‘ziga qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan bo‘lsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan, basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan bo‘lsa, e’tirof etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12.3. FK 212-moddasining beshinchi qismiga muvofiq imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12.4. FK 212-moddasi oltinchi qismining mazmuniga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydigan bo‘lsa, ushbu imoratga nisbatan mulk huquqi yuqorida keltirilgan moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlariga asosan sud tomonidan tan olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.