25.11.2011 yildagi 8-son
Hujjat 25.11.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Oila kodeksining 61-moddasiga ko‘ra, o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilganda, otalik onaning va o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning birgalikdagi arizasiga muvofiq (bolaning onasi vafot etgan, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, uning yashash joyini aniqlash imkoni bo‘lmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda — o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning arizasiga muvofiq) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-onadan bola tug‘ilgan holda ular o‘n olti yoshga to‘lganlaridan so‘ng otalikni belgilash to‘g‘risida mustaqil ravishda talab qo‘yishga haqlidirlar. Shu munosabat bilan sud ularning otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishni FPK 152-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan rad qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Otalikni belgilash haqidagi ariza sudning ish yurituviga faqat bola tug‘ilganligi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etilganidan so‘ng va otasi haqidagi yozuv OK 207-moddasining uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda qabul qilinishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bolaning tug‘ilganligi qayd etilmagan bo‘lsa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Bunday holda sud manfaatdor shaxsga tug‘ilishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga murojaat qilish huquqini tushuntirishi shart.
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda mazkur toifa ishlar bo‘yicha da’vo muddatlari nazarda tutilmagan bo‘lib, otalik bola tug‘ilganidan so‘ng har qanday vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, OK 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan faqat uning roziligi bilan, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa — uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otalik belgilanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda (OK 62-moddasi uchinchi qismi) otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal etish chog‘ida sud e’tiborga olishi zarur bo‘lgan muayyan shartlar belgilangan. Bu shartlar quyidagilardir:
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agar otalikni belgilash haqidagi da’voga asos sifatida da’vogar tomonidan ko‘rsatilgan holat o‘z tasdig‘ini topmasa, sud o‘z tashabbusi bilan OK 62-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yoki ulardan biri mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashi shart va da’vo asosini da’vogarning roziligi bilan o‘zgartirib, hal qiluv qarorini aniqlangan boshqa holatlarga havola qilgan holda asoslantirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar suhbat davomida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud taraflarga otalikni OK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda ariza berish orqali ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyatini tushuntirishi va shu maqsadlarda taraflarga muayyan muddat berishi lozim.
Otalik taraflarning birgalikdagi arizasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilangan va bolaning tug‘ilganligi haqida guvohnoma taqdim etilganda, sud FPK 100-moddasining birinchi qismiga muvofiq ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. Agar otalikni belgilash haqidagi da’vo bilan bir paytda aliment undirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan bo‘lsa, ishning shu qismi sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK 40, 180-moddalariga muvofiq da’vo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Zarur hollarda bolaning kelib chiqishini (masalan, homila paydo bo‘lish vaqtini, urug‘lantirish qobiliyati bor-yo‘qligini va h.k.) aniqlash maqsadida sud, OK 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlar mavjud bo‘lganda, o‘z tashabbusi yoki taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ish yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlashi mumkin.
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FPK 67-moddasiga muvofiq sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi xulosalari isbotlash vositalaridan biri hisoblanadi va shu sababli ular ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar majmui bo‘yicha baholanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1968-yil 1-oktabrdan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan otalik fakti OK 62-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasini ishonchli tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lgandagina belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.