Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 6-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 6-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1591-modda bilan toʻldirilsin:
“1591-modda. Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslik
Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslik, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 160-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“160-modda. Uy-joylarni qurish qoidalarini buzish yoki uy-joylarga doir mulk huquqlarini koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarda oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslik
Fuqarolarning uy-joylarni, xoʻjalik va roʻzgʻor binolarini qurish qoidalarini buzishi, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarda oʻz vaqtida rasmiylashtirmasligi, —
eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismidagi “159, 160, 161” raqamlari “159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 264-moddadagi “164-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 164-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 574-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) 603-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) 86-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qismning birinchi jumlasidagi “yuridik” degan soʻz “fuqarolar va yuridik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan turar joy arendasi shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 59-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, oʻttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq toʻlovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan koʻriladigan choralar toʻgʻrisidagi talabnoma kiradi”;
2) 61-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
birinchi qismidagi “ushbu moddaning birinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 63-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “birinchi hamda ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar “birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 63-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq qarzi summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomalari soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, oʻttiz kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi”;
4) 84-modda:
oltinchi qismidagi “koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi tasdiqlanganligi” degan soʻzlar “koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga depozitariylarda roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart”;
toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi qismlari tegishincha oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 121-moddaning birinchi xatboshisi “uchastkalaridan” degan soʻzdan keyin “hujjatlarsiz yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 143-moddaning:
5-bandi quyidagi mazmundagi “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“e) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar;
j) taʼtilga qoʻshimcha haqlar”;
6-bandi quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
“l) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash”;
7-bandi quyidagi mazmundagi “o” kichik band bilan toʻldirilsin:
“o) xodimlarga taʼtil uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan haq va ular boʻyicha pullik kompensatsiyalar”;
7) 145-modda quyidagi mazmundagi 57-band bilan toʻldirilsin:
“57) abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq”;
8) 147-modda:
10 va 21-bandlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261) ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlanadigan haq”;
9) 148-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Balansning valyutaga oid moddalari qayta baholanganda olinadigan daromadlar, shuningdek chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish sanasidan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq toʻlangan sanagacha boʻlgan davrda oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga kelgan ijobiy farq ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar sifatida qaraladi”;
10) 155-modda:
uchinchi qismining 9-bandi “bundan faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan tashish mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda daromadlar xorijiy banklarga va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimlariga toʻlangan taqdirda, soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatda xorijiy bankning yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy joylashgan yeri borligi faktini tasdiqlash, agar bunday joylashgan yer hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, talab qilinmaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar soliq summasi mazkur moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan toʻlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi mazkur summani majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida budjetdan qaytarish huquqiga ega. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi ushbu modda oʻn yettinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda toʻlangan summani qaytarish uchun arizani hamda soliq summasi toʻlanganligining tasdigʻini ilova qiladi”;
oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi qismlari tegishincha oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi qismlar deb hisoblansin;
11) 164-moddaning uchinchi qismidagi “15-kuniga qadar” degan soʻzlar “10-kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 172-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar”;
13) 173-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot”;
quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar”;
14) 174-modda quyidagi mazmundagi 13-band bilan toʻldirilsin:
“13) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash”;
15) 177-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
16) 179-modda:
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
qimmatli qogʻozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
yashash uchun moʻljallanmagan joylarni;
ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr ichida ikki martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mustasno”;
17-bandidagi “depozit” degan soʻz “jamgʻarma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
“32) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar mazkur ulushlar, paylar va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa”;
17) 181-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga;
jismoniy shaxslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlarga;
jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga”;
18) 218-modda uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish oboroti maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi”;
19) 266-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga muayyan qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, qurilish boshlanganidan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi”;
20) 269-moddaning:
birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “qiymatiga” degan soʻz “oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi 1-bandidagi “xalq taʼlimi” degan soʻzlar “taʼlim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
21) 271-moddaning:
ikkinchi qismidagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “25” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
22) 277-moddaning oʻn ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun toʻlash hisobot yilining 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi”;
23) 286-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hisobot davri uchun yer soligʻi toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
24) 294-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq davri uchun yer soligʻi toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15-oktabriga qadar amalga oshiriladi”;
25) 300-moddaning beshinchi qismidagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
26) 306-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyektidir”;
27) 307-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam boʻlmasligi lozim”;
28) 308-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar”;
2 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlarga yagona ijtimoiy toʻlov hisoblab chiqarilmaydi”;
29) 310-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallarini toʻlash har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
30) 313-moddaning toʻrtinchi qismidagi “tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan” degan soʻzlar “tegishli obyektlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 317-moddaning toʻrtinchi qismidagi “tegishli obyektlar uchun belgilangan stavkalardan” degan soʻzlar “tegishli obyektlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32) 347-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim boʻyicha hisob-kitob faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga:
yil davomida tegishli ruxsat guvohnomasini (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarorini) olgan soliq toʻlovchilar tomonidan — ruxsat guvohnomasi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qarori) berilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmasdan;
faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan — har yili hisobot yilining 15-yanvarigacha taqdim etiladi.
Eng kam ish haqining miqdori oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchilar aniqlashtirilgan hisob-kitobni navbatdagi toʻlov muddatidan kechiktirmay taqdim etishi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun 2012-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1-moddasi 2012-yil 1-fevraldan eʼtiboran amalga kiritiladi, 4-moddasi 28-bandining Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 308-moddasining 6-bandini chiqarib tashlash va ushbu moddani ikkinchi qism bilan toʻldirishga doir qismi 2012-yil 1-avgustdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
OʻRQ-313-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 556-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)