OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
XALQLAR DOʻSTLIGI ORDENLI TOSHKENT XALQ XOʻJALIGI ILMGOHINI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT DORILFUNUNIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyot fanini yanada rivojlantirish, oliy iqtisodiy taʼlim darajasini oshirish va respublika xalq xoʻjaligini mutaxassis kadrlar bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida:
1. Xalqlar doʻstligi ordenli Toshkent xalq xoʻjaligi ilmgohi Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununiga aylantirilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq E.S.Samandarov) mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-iyun,
PF-217-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 137-modda)