Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2017 18.11.2011 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAR YILI YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 688-sonli “Yongʻinlar profilaktikasi kunlarini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kuz-qish isitish mavsumi oldidan yongʻinlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining har yili noyabr oyining uchinchi oʻn kunligidan boshlab yongʻin xavfsizligi oyligini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yongʻin xavfsizligi oyligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek uy-joy fondini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yongʻin xavfsizligi oyligini oʻtkazish davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi oyligini tashkil etish va oʻtkazish komissiyalarining tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi oyligini samarali oʻtkazish tadbirlari ishlab chiqilishini, ularda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga daxldor boʻlgan barcha tegishli idoralarning vazifalari taqsimlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transportida va aholi koʻp toʻplanadigan joylarda yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilayotgani haqida reklama yozuvlarni, plakatlar joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oʻn kunda yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilishi muhokama qilinishini va unda tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitilishini hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga jamoatchilikning keng jalb etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yongʻin xavfsizligi oyligini oʻtkazish davrida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatlar, boshqaruvlar, kengashlar majlislarida idoraviy mansub obyektlar va uy-joy fondining texnik holati, yongʻin xavfsizligi masalalarini koʻrib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz, energetika, suv xoʻjaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida eʼtibor qaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning obyektlari va uy-joy fondini yongʻinga xavfsiz holatga keltirish uchun ajratilgan mablagʻlardan qatʼiy ravishda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi meʼyorlari buzilishining har bir holati boʻyicha puxta tekshiruvlar oʻtkazsinlar, yongʻin roʻy berishiga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq taʼsir choralarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarini yongʻin oʻchirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar, xizmatchilar, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va aholi oʻrtasida yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ishlarini kuchaytirsinlar, jamoatchilikni yongʻinlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga qarashli yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini (gidrantlar, rezervuarlar, suv havzalari, ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklarini) soz holatga keltirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi oyligining oʻtkazilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsinlar, yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus mavzuli videoroliklar tayyorlasinlar, ularning tadbir davomida muntazam ravishda namoyish etib borilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va yongʻin nazorati organlari bilan birgalikda yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari uzoq vaqtdan buyon hal etilmay kelinayotgan obyektlar va aholi punktlari boʻyicha reydlar uyushtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylarning mablagʻlarini jalb etgan holda yongʻin xavfsizligi oyligining maqsadlari, vazifalari va oʻtkazilishini targʻib qiluvchi plakatlar, bukletlar va koʻrgazmali targʻibotning boshqa turlari chop etilishini tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar har yili oylik tugagandan soʻng qilingan ishlar toʻgʻrisida 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 490-modda)