LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta xomashyosi va pilla yetishtirishni ko‘paytirish hamda xarid qilishdan manfaatdorligini oshirish, bozor munosabatlariga o‘tish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida va ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni sotishning mavjud tartibini qisman o‘zgartirib:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1991 va keyingi yillar uchun belgilangan topshiriqdagi paxta tolasi va pillaning 5 foizi hamda belgilangan hajmdan ortiqcha olingan mazkur mahsulotlarning hammasi mamlakat ichkarisida ham va undan tashqarida ham kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ixtiyoriy ravishda sotiladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning ijroiya qo‘mitalari va rayonlarning ijroiya qo‘mitalari, respublikasining ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot turlarini sotish va yetkazib berishga daxldor bo‘lgan vazirliklari va idoralari ushbu Farmonning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hukumatning tegishli qarorlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni kiritsin.