Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 22.11.1993 yildagi PF-688-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993 YIL 1 DEKABRDAN ISh HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1993-yil 1-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi o‘rta hisobda 1,5 baravar oshirilib, ish haqining eng kam miqdori 24.300 so‘m-kupon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning soliq solinmaydigan daromadlari oyiga 24.300 so‘m-kupon miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorini 1,5 baravar ko‘paytirib, mehnat pensiyasining eng kam miqdori oyiga 26.300 so‘m-kupon qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,5 baravar oshirilib, bunda talabalar oshxonalari va bufetlaridagi tushliklar qiymatidan 50 foizli chegirma saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar xodimlarning mansab okladlari o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar, bunda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga amal qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi pensiyalar miqdori ushbu Farmonga muvofiq qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq daromad manbalarini qidirib topishlariga qarab, bunday manbalar vaqtincha yetarli bo‘lmaganda esa bank muassasalari tomonidan aniq maqsadni ko‘zlab beriladigan kreditlar hisobiga mehnat haqini oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-688-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 11-12-son, 393-modda)