Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.10.1993 yildagi PF-671-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO QARIYALAR KUNI MUNOSABATI BILAN RESPUBLIKANING KEKSA FUQAROLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksa fuqarolarning yosh avlodni tarbiyalash ishidagi katta xizmatlari, ularning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qaror toptirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun, shuningdek Xalqaro qariyalar kuni munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishlamayotgan pensionyerlar o‘zlari olayotgan oylik pensiyaning 50 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarning, xo‘jaliklar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga o‘zlarida ishlovchi pensionyerlarni ular olayotgan oylik pensiyaning 50 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar ishlamaydigan pensionyerlar bo‘yicha respublika va mahalliy budjetlarning hisobidan teng ulushlarda, ishlovchi pensionyerlar bo‘yicha esa kimga bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona hamda tashkilot mablag‘lari hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan birgalikda 1993-yilning 7-oktabrigacha ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan pul mukofotlarini to‘lash tartibi va muddatlarini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur mukofotning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-671-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 375-modda)