Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.08.1993 yildagi PF-641-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MATBUOTINI QOʻLLAB-QUVVATLOVChI JAMGʻARMANI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazeta va jurnallar faoliyatni takomillashtirish, davriy nashrlarni chiqarish va tarqatish, shuningdek bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida jurnalistlarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda ularga koʻmaklashish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi matbuotini qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari va bosh muharrirlari Kengashi, “Sharq” konserni, Jurnalistlar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalarning taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gazeta va jurnallar normal faoliyat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoit yaratishda, ularni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq moliyaviy, moddiy-texnikaviy masalalarni hal etishda amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat idoralari va jamoat tashkilotlarida gazeta va jurnallar hamda ular taʼsischilarining manfaatlarini ifodalash, tahririyatlar bilan birgalikda respublika hukumatiga davriy nashrlarni chiqarish va tarqatishni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— matbuotga madad berish maqsadida davlat ajratgan mablagʻlarni taqsimlashda ishtirok etish, ishlab chiqarish, tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek homiylik badallari va boshqa badallar hisobidan oʻz mablagʻlarini tashkil etish hamda bu mablagʻlarni gazeta va jurnallarning moddiy bazasini mustahkamlash uchun sarflash .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika davriy nashrlarining moliyaviy va moddiy texnikaviy bazasini mustahkamlash maqsadida Jamgʻarmaga Vazirlar Mahkamasi zaxirasidan 1 milliard soʻm ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma respublikaning barcha yuridik va jismoniy shaxslari, tashkilotlari, firmalari va uyushmalari uchun ochiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar va hokimliklar Jamgʻarma faoliyatiga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmon bajarilishini tashkiliy jihatdan taʼminlashga oid qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-641-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 8-son, 307-modda)