O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh (“DAVARXITEKTQURILISh”) QO‘MITASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-son qarori)”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Investitsiya faoliyatini boshqarishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, qurilish kompleksining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, yangi arxitektura va shaharsozlik siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi hamda Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishlari uchun majburiydir.
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga doir qaror qabul qilib, qo‘mitaning Nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-avgust,
PF-636-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 286-modda; 2017-y., 18-son, 311-modda)