LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida respublika kommunal xizmatlari ishini takomillashtirish, ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 12-son, 181-modda)
4. 1994-yilning 1-yanvarigacha mulk egalari bilan uy-joylarni ijaraga oluvchilar va kommunal-foydalanish tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimiga o‘tkazish zarur deb hisoblansin.
Aholining kam ta’minlangan tabaqalarini va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutgan holda, ularga davlat dotatsiyalarining asta-sekin, bosqichma-bosqich kamaytirilishini inobatga olib, uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va kommunal xizmatlarga davlat tomonidan beriladigan bunday mablag‘lar saqlab qolinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimini joriy etish masalalariga doir qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyuldagi 363-sonli “Uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash uchun hisobot-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga o‘tish to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi 371-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarorlariga qarang.