LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyati ustidan davlat boshqaruvi va nazorati sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq funksiyalar yuklansin.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi)ning asosiy vazifalarini, faoliyatini tashkil etishni, uning tarkibini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. FVDT boshqaruv organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
3. FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududidagi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
5. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda tarkibida axborot-boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko‘rsatadigan respublika, mahalliy va obyektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
xabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari.
7. FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, yuqori darajada xavfli obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
8. FVDTning funksional quyi tizimlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va obyektlarda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch va vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT xizmatlari, davlat nazorati organlari hamda kuzatish va nazoratning boshqa tashkilotlari, FVDT funksional quyi tizimlari favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarining vazifalari, ularni tashkil etish hamda tarkibi ushbu Nizom, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning atrof tabiiy muhitning holatini kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraviy mansub yuqori darajada xavfli obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyati hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda FVV deb yuritiladi) bilan kelishgan holda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash);
rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda aholini favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabar qilish va axborot berish;
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, FVDTning rahbarlik qiluvchi boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari o‘rtasida o‘zaro axborotlar ayirboshlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDTga, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasida belgilanadi.
10. FVDT rahbar organlari — bu vakolatiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi masalalarni hal etish kiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar va obyektlardir:
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan va boshqa xavfli obyektlar mavjud bo‘lgan tashkilotlar;
FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun to‘liq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi.
11. FVDTning kundalik boshqaruv organlari — bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning bo‘g‘inlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
respublika darajasida — FVVning tang vaziyatlarda boshqarish markazi, davlat nazorati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari) va navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlar va obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmalari (bo‘limlari)ning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
obyektlar darajasida — obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari) va navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
tegishli ravishda har bir darajaning FVDT rahbarlik qiluvchi organlarining favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turg‘un va harakatlanadigan punktlari.
FVDT kundalik boshqaruv organlarini joylashtirish doimiy joylashtirish punktlarida, favqulodda vaziyatlar yuz berganda esa — favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turg‘un va harakatlanadigan punktlarida tashkil etiladi, ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni ishlab chiqish va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida muhim yuqori darajada xavfli obyektlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshiradigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini, shuningdek axborot bilan ta’minlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarda hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish va axborotlarning mahalliy tizimini, shuningdek suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning avtomatlashtirilgan mahalliy tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
atrof tabiiy muhit hamda yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarning to‘planishini va ayirboshlanishini hamda xabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch va vositalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek FVDTning maxsus sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yuqori darajada xavfli obyektlar ishining ishonchliligini ta’minlashga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish bo‘yicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
viloyat ichidagi aloqa va xabar berish tizimlari, shuningdek boshqaruvning va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berish va axborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish;
atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli obyektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash;
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va ayirboshlash ustidan o‘z vaqtida xabar qilish va nazoratni ta’minlash;
FVDT hududiy quyi tizimlari kuch va vositalarining, shuningdek ko‘ngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyg‘unligini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishga jalb qilishni tashkil etish;
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
o‘ta tang xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xo‘jaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash;
moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug‘urta qilishni tashkil etish hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug‘urta bilan himoya qilish samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va sug‘urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga rahbarlik qilish.
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlar ishining favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarda xabar qilish va axborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish;
boshqaruv organlarining, obyektlar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar chog‘idagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;
xabar qilish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar ko‘rgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;
yuqori darajada xavfli obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar chegaralarini belgilash.
FVVga to‘g‘ridan — to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
16. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin.
17. FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalari hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.
19. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
Vazirliklar va idoralarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda kontrakt asosida jalb etiladi.
20. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda — fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda tegishli hokimlar qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek FVVning viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi.
21. Tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan yuqori darajada xavfli obyektlarda mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tuziladi.
22. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalardan aholi va hududlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda va obyektlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hokimlarning qarorlari bilan umumiy va maxsus maqsadlardagi hududiy hamda obyektlarning tuzilmalari tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tabiiy va texnogen tusdagi yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
24. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi:
kundalik faoliyat rejimi — me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda;
25. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatishi chog‘ida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqaruv organlari va FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlar chog‘idagi harakatlarga tayyorlashni takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish;
FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar (bo‘limlar)ning tezkor guruhlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari navbatchiligini tashkil etish;
atrof tabiiy muhitning holati, yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga siljitish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi-O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan;
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
27. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish “avariya obyektlari”, ular balansida turadigan vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish obyektlarning rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.
30. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi.
31. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida harakat qilishning respublika va idoraviy rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajalarida o‘zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy resurslarning idoraviy zaxirasini jamlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash.
Aholini birinchi navbatda zarur tovarlar bilan ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun jalb etiladigan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy zaxirasini yaratish va jamlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka qarshi harakatlar bilan kurashishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda va alohida davrda huquqiy tartibni ta’minlashda qatnashish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligini va yong‘in xavfsizligini, obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishni ta’minlash.
Yong‘inlarni profilaktika qilish va o‘chirishga oid tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular bilan bog‘liq qutqaruv ishlarini amalga oshirish.
FVDT boshqaruvi organlari va aholini yong‘in holati, yuzaga kelgan yong‘inlarni bartaraf etish, ziyon va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning dastlabki bahosi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarni “Hayot xavfsizligi” o‘quv fani bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlashtirish.
Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish.
Zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi atrof tabiiy muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharli moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilishni tashkil etish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Tibbiy mulk, dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.
Aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, kimyoviy xizmat bo‘linmalarini, maxsus texnika va moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida axborot taqdim etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish obyektlarini qurishning aniq yo‘naltirilgan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida moddiy resurslarni yaratish va favqulodda vaziyatlarni tugatish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-veterinariya va epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi ehtimollarini prognozlashtirish.
Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqinlar suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Suv omborlarining gidrologik rejimi, toshqinlar va halokatli suv bosishlari monitoringini olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-veterinariya va agrokimyoviy vaziyat, kutilayotgan toshqinlar hamda to‘g‘onlar va suv omborlarining gidrotexnika inshootlari va boshqa suv manbalarining urib ketishi bilan bog‘liq halokatli suv bosishlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yong‘in xavfini tug‘diradigan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
yong‘in chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish va nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Yuqori darajada xavfli obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Sanoat chiqindilarini to‘plagichlar, chiqindi omborlari, zaharli moddalar ko‘miladigan joylar va boshqalarning joylashishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi va sanoat, baliqchilik xo‘jaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan chiqitlari, shuningdek zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi va chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitda zaharli moddalarning otilib chiqishi va chiqarib yuborilishi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
atrof tabiiy muhitni qo‘riqlash hamda ekologik xavfsizlik bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (ko‘chish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash; ularning faollashishini o‘rganish va ogohlantirish; yonbag‘irlarning tabiiy barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘chkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda o‘tkaziladigan zonalarni belgilash.
Aholi punktlari doirasida, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarda sog‘lomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan zonalarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish, liniyali inshootlardan (yo‘llar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar) foydalanuvchi kon-ruda korxonalari va idoralarning xo‘jalik faoliyati hududi bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to‘g‘risidagi geologik axborot bilan ta’minlash, ko‘chki xavfi bo‘lgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan, aholisini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish shart bo‘lgan posyolkalar va xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni kelishish; ularni o‘zlashtirishda tog‘ qiyaliklari barqarorligining saqlanishini nazorat qilish.
Xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarning kompyuter bankini shakllantirish va ularning ta’siridan ko‘rilgan zararlarni baholash.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini geodeziya va kartografiya axboroti, shuningdek yer-kadastr xaritalari bilan ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekstremal sharoitlardagi mintaqalarda obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning, shuningdek hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislik jihatidan muhofaza qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish.
Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishda shaharsozlik me’yorlari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan qatnashish.
Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilish.
shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshib ketishlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida ogohlantirish.
tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Favqulodda vaziyatlarda mintaqalararo suv quvuri tizimlari inshootlari ishining barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
mintaqalararo suv quvurlarining kommunal-texnik xizmatini tashkil etishga va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash.
Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni aholiga yetkazish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidirish va qutqarishni ta’minlaydigan xizmatlar faoliyati sohasida davlat nazorati.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshirishi.
Temir yo‘l transportida xavfli yuklar, portlovchi moddalar va buyumlar tranzitini amalga oshirishda xulosalar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 889-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Gidrotexnika inshootlarining holati, ularga tabiiy ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
Suv xo‘jaligi va energetika obyektlarining mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining texnik holatini diagnostika qilish va xavfsizligini baholash.
Mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan, shuningdek respublika va mintaqa suv xo‘jaligi energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish.
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini va xavfsiz ishlashini ta’minlash.
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shu jumladan loyihalarning ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, qurilishning sifati va foydalanishga qabul qilib olinishini nazorat qilish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlari (qurilmalari)ni montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish.
Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognozlashtirish.
Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning ko‘lamlari, rivojlanishining borishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari bo‘linmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qo‘llashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va to‘lib qolishlar bilan bog‘liq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti o‘tish ishlarini bajarishda ishlarning holati va xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Aviatsiya texnikasidan avariyasiz foydalanish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun zarur bo‘lgan FVDTning qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini, harbiy bo‘linmalar va yuklarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga va orqaga birinchi navbatda yetkazishni ta’minlash.
Qidiruv ekipajlari, qidiruv havo kemalari va qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda qatnashishini ta’minlash.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatidan ta’minlash xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Idoraviy mansub obyektlarda avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish.
Neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlar hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish.
Tarmoq obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishda idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning qatnashishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar va halokatlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek favqulodda vaziyatlar chog‘ida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Chorvoq suv omboridan suvning halokatli chiqarib yuborilishidan ogohlantiruvchi xabar berish tizimi ishlarini doimiy nazorat qilish.
Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda energiya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatishda ishtirok etishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlarini “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlar chog‘ida ular ishlarining barqarorligini oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berishning mahalliy tizimlarini yaratish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Temir yo‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalari, harbiy bo‘linmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash.
Evakuatsiya qilish maqsadida tashishni amalga oshirish uchun favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish.
Yong‘in va tuzatish-tiklash poyezdlari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va boshqa idoraviy mansub avariya-qutqaruv bo‘linmalarining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini temir yo‘l transportidagi avariyalar va halokatlar, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishning borishi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Zarar ko‘rgan aholini va evakuatsiya qilingan aholi joylashtirilgan mintaqalardagi aholini ta’minlash uchun tabiiy ofat zonalariga oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish; tuzilmalarning shaxsiy tarkibiga va zarar ko‘rgan aholiga oshxonalarda (ovqatlanish shoxobchalarida) ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlash.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chog‘ida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvlarning radioaktiv moddalar, og‘ir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyalarning belgilangan darajasidan ortiqcha ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish.
Mahsulotlar va boshqa tovarlarni zararsizlantirish, texnologik qayta ishlash yoki zararsizlantirib bo‘lmaydiganlarini yo‘q qilish.
Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar, tijorat tuzilmalaridan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskunalar, priborlar va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 602-modda)
Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar mintaqalarida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalari, harbiy bo‘linmalar va yuklarning birinchi navbatda tashilishini ta’minlash.
Avtotransportni va transport vositalari asbob-uskunalarini odamlarni tashishga tayyorlashni ta’minlash.
Portlovchi, yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan xavfli yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashish chog‘ida xavfsizlikni ta’minlash.
Yo‘l va yo‘l inshootlarini FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
Idoraviy tarmoqlar orqali FVDT boshqaruv organlarini, shuningdek yo‘lovchilarni favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilishni tashkil etish.
Respublika iqtisodiyoti va hududlari uchun xos bo‘lgan antropogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini muhofaza qilish hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tarmoqlar va obyektlarning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini oshirishga doir tadbirlarning samaradorligini prognozlashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.
Zilzilalarni seysmik mintaqalashtirish va prognozlashtirishning, respublika hududidagi seysmik hodisalarni kompleks kuzatishni amalga oshirishning ilmiy asoslari va usullarini ishlab chiqish.
Suv toshqini, ko‘chkilar, sel xavfi bo‘lgan mintaqalarda yashaydigan fuqarolarni, shuningdek binolar va inshootlarni, moddiy boyliklar va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urtalashni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida kasallar va zarar ko‘rganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish hamda parvarish qilish masalalari bo‘yicha tayyorlash.
Sanitariya drujinalarini tuzish, ularni yuklangan vazifalarni bajarishga jihozlash, tayyorlash va tayyorgarlik holatini nazorat qilishda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlariga yordam ko‘rsatish.
Xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va o‘qitish.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, eng avvalo, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yo‘l-transport xizmatlari xodimlarini zarar ko‘rganlarga birinchi tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish amaliyotiga kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berish hamda zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘linmalarini tashkil etish, o‘qitish, jihozlash.
Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
Mahalla fuqarolar yig‘inining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan bo‘lim bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 892-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar FVDT hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, boshqarish va ularning faoliyatini nazorat qilish.
FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yig‘ma mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarni, yig‘ma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilg‘i va ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha axborotlarni to‘plash va ayirboshlash, shuningdek favqulodda vaziyatlar xavfidan yoki yuzaga kelishidan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish va xabar berish.
Gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar mas’ul mansabdor shaxslar mavjud emasligi tufayli cheklangan hududlarda favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishining oldini olish.
Halokat zonalaridagi zarar ko‘rgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini ta’minlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish; oshxonalarda (ovqatlanish shoxobchalarida) tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va zarar ko‘rgan aholi uchun ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlash.
Don va uni qayta ishlash mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni saqlash, texnologik qayta ishlash, tashish va realizatsiya qilishda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; FVDTning funksional quyi tizimlari hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar, og‘ir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan belgilangan cheklangan yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalardan ortiq ifloslanishini nazorat qilish.
viloyat, shaharlar (tumanlar) hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnika bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida FVDTning hududiy va obyektlar bo‘yicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi mumkin:
avtoyo‘l xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishda yo‘l-ko‘prik ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish, yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlash va tiklash;
avtotransport xizmati — temir yo‘l va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun kuch va vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya tumaniga olib chiqib ketish;
gaz ta’minoti xizmati — gaz ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
suv ta’minoti xizmati — suv ta’minoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va og‘ir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini ta’minlash. Ichimlik suvi sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni ta’minlash;
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiya)larning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududlarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Itlarni tutadigan alohida guruhlar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish. Itlarni tutish guruhlari xodimlarini zarur maxsus uskunalar bilan ta’minlash. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati to‘g‘risida axborot taqdim etish;
o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiylarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xo‘jaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiylarni tugatish;
suv xo‘jaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognozlashtirish. Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini o‘zgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Suv omborlarida oldindan xabar berish tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan ogohlantirish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash;
muhandislik xizmati — tinch davrda himoya inshootlari fondi to‘planishi va mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlang‘ich hududlarda zararlangan joylarga tomon harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yong‘inlarni o‘chirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan ta’minlash uchun favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
kommunal-texnika xizmati — kommunal xo‘jaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni tugatish, halok bo‘lganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy ko‘mish shoxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
moddiy-texnika ta’minoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan ta’minlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan ta’minlash;
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sog‘lig‘ini saqlashga, zararlanganlar va bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam berishga yo‘naltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
sanitariya jihatidan ishlov berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan ta’minlash, aloqa va xabar berishning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek ularni doimiy tayyor holatda saqlash, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning ko‘rsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan ta’minlash;
jamoat tartibini saqlash xizmati — shaharlar va boshqa aholi punktlarida, iqtisodiyot obyektlarida, zararlanish joylarida, odamlar to‘planadigan joylarda va transportda, aholini evakuatsiya qilish yo‘nalishlarida jamoat tartibini saqlash, shuningdek moddiy va tarixiy-madaniy boyliklarni muhofaza qilish;
yong‘in xavfsizligi xizmati — shaharlar, boshqa aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlarining yong‘inga qarshi xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan muhandislik-texnik, tashkiliy va yong‘inning oldini olish tadbirlari o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yong‘in joylarida, tabiiy ofat hududlarida, shuningdek yirik avariyalar va halokatlar yuz berganda yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish;
yonilg‘i-moylash materiallari ta’minoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turg‘un va ko‘chma avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalaridan foydalanish;
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik ta’mirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yo‘nalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarning yig‘ma punktlariga va ta’mirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, ta’mirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan ta’minlash hamda shakllantirish;
savdo va ovqatlanish xizmati — oziq-ovqat zaxiralarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar zaxirasining maxsus omborlarida oziq-ovqat zaxirasi g‘amlanishini tashkil etish. Tuzilmalarni va aholini bir kecha-kunduzlik ta’minot normalari bo‘yicha oziq-ovqat, issiq ovqat bilan ta’minlash;
boshpanalar va bekinish joylar xizmati-tashkilotlarning muhofaza inshootlari fondini hisobga olish, muhofaza inshootlarining bekinadigan odamlarni qabul qilishga doimiy tayyorligini nazorat qilish, muhofaza inshootlari imoratlarining to‘g‘ri saqlanishi, muhofaza konstruksiyalari, qurilmalari va muhandislik-texnik asbob-uskunalari saqlanishi, ulardan iqtisodiyot ehtiyojlari va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishini tizimli nazorat qilish. Qurilishi tugallangan muhofaza inshootlarini qabul qilishda qatnashish. Muhofaza inshootlari fondini jamlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritish, boshpana va bekinish joylariga xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarini tashkil etish va tayyorlash;
energetika xizmati — favqulodda vaziyatlar sharoitlarida energiya obyektlarida barqaror ishlashni ta’minlash va ulardagi avariyalarni bartaraf etish. Zararlanish joylarida qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirok etish.
Zarurat bo‘lganda va tegishli kuchlar mavjud bo‘lganda FVDTning boshqa xizmatlari: avariya-texnik, radiatsiyaviy va kimyoviy himoya, niqoblanish, axborot bilan ta’minlash xizmatlari va shu kabilar ham tashkil etiladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida” 1997-yil 23-dekabrdagi 558-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 6-bandi va qarorga 3-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 62-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmoni)” 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 39-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarori)” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 8-bandi.