Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2016 14.08.1995 yildagi PF-1212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGINING XOʻJALIK HISOBIDAGI BOʻLINMALARINI DAVLAT HISSADORLIK KOMPANIYALARIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi farmonilariga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor mexanizmlarini tashqi iqtisodiy aloqalar tizimiga joriy etishni jadallalshtirish va tashqi savdoni erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Innovatsiya”, “Oʻztashqitrans” xoʻjalik hisobidagi davlat tashqi savdo birlashmalari, “Markazsanoateksport” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga qarashli “Oʻrta Osiyo Trans” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik kompaniyasi ayni oʻsha nomlar bilan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari shaklidagi davlat hissadorlik kompaniyalariga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilayotgan hissadorlik kompaniyalarining aksiyalari quyidagi tartibda taqsimlanishi koʻzda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qiymati boʻyicha aksiyalarning 51 foiz — ularni davlat nomidan boshqarish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qiymati boʻyicha aksiyalarning 25 foizi — tashqi savdo kompaniyalarining jamoalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qiymati boʻyicha aksiyalarning 24 foiz — fond bozorida ochiq sotilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Innovatsiya”, “Markazsanoateksport” davlat hissadorlik tashqi savdo kompaniyalari, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransport yuk tashish davlat hissadorlik kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat hissadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga qarashli ayni shu nom bilan ataluvchi xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarining barcha mulkiy huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi va belgilangan tartibda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida eksport mahsulotini ishlab chiqaruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida eksport, shu jumladan markazlashtirilgan tarzda eksport qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi buyurtmachilarning topshiriqlari boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun tovarlar xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalarini bajarishga oid xizmatlarni koʻrsatish, eksport-import yuklarini joʻnatish va transport xizmati koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan davlat hissadorlik kompaniyalari ustavlariga muvofiq oʻzini oʻzi pul bilan toʻla taʼminlash va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari asosida ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Innovatsiya”, “Markazsanoateksport” davlat hissadorlik tashqi savdo kompaniyalarining, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransport yuk tashish davlat hissadorlik kompaniyasi hamda “Oʻztashqitrans” davlat hissadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasining ustavlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida mazkur Farmonni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 166-modda)