22.05.2009 yildagi 111-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining buyrug‘i, 22.05.2009 yildagi 111-son
Кучга кириш санаси
08.06.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E. Shoismatov tomonidan 2007-yil 21 mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy-huquqiy va me’yoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan, buyuraman:
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qo‘llaniladigan akustik-emissiyani o‘zgartirgichlarga talablar” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
18. 17-bandda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlab chiqarish obyektlari, ishlab chiqarish obyektlarining maketlari (modellari)ni AE nazoratida va material namunalarini sinovdan o‘tkazishda qo‘llaniladigan etalon AEO‘ va ishchi AEO‘ kalibrlanadi.
24. Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazishning kalibrlovchi bloklar qo‘llaniladigan tavsiya etilayotgan sxemalari 2 va 3-rasmlarda keltirilgan. 2-rasmda keltirilgan sxemada shisha kapillyar 4 ning uchi yuklovchi qurilma 6 va kalibrlovchi blokning ishchi yuzasi 1 o‘rtasida joylashgan. Yuklovchi qurilma vint yoki yukni 1 — 50 Nyuton (N) diapazonida bir tekis oshirib borish imkonini beruvchi moslama ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi mumkin.