02.06.1995 yildagi PF-1162-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYUK IPAK YOʻLINI QAYTA TIKLASHDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISHTIROKINI AVJ OLDIRISH VA RESPUBLIKADA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoyat muhim xalqaro turizm yoʻnalishi — Buyuk Ipak yoʻlini qayta tiklash, xorijiy sayyohlarni keng jalb etish, shuningdek mamlakatda zamonaviy turizm sanoatini vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buyuk Ipak yoʻlidagi shaharlar — Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm boʻyicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yoʻl vokzallarida xorijiy sayyohlar uchun bojxona rasm-rusumlarining xalqaro meʼyorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek tranzit sayyohlar uchun maxsus bojxona zonalari joriy qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddat ichida xorijiy sayyohlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan obyektlardan tashqari respublikaning butun hududida amal qiluvchi yagona vizani oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy mehmonxonalarni va mehmonxona infrastrukturasi inshootlarini barpo etishlari chogʻida ularga kamida besh yil muddat ichida toʻlash sharti bilan kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya banki — “Oʻzsayohatinvestbank”ni tashkil qilsin va jamlanayotgan mablagʻlar qatʼiyan aniq maqsad yoʻlida foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va Moliya vazirligi 15 kun muddat ichida “Oʻzsayohatinvestbank”ning ustav jamgʻarmasini shakllantirish manbalari va uni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm boʻyicha Idoralararo kengash tuzilsin va quyidagilar shu kengash faoliyatining asosiy vazifalari qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon andozalari darajasida kichik va oʻrta mehmonxonalar, motellar va kempinglar tarmogʻi shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayr-tomoshalar zamonaviy industriyasini, madaniy va sport-sogʻlomlashtirish markazlarini barpo etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy-madaniy meros keng koʻlamda targʻib qilinishi va saqlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlik tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlik sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, yodgorliklarni muhofaza qilish Respublika jamiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Buyuk Ipak yoʻlidagi koʻhna shaharlarda joylashgan meʼmoriy, arxeologik, tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, obodonlashtirish hamda foydalanish boʻyicha milliy “Meros” dasturi loyihasini ikki oy muddat ichida ishlab chiqsinlar va Idoralararo kengash muhokamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq barcha masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzbekturizm”, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalarining, Ichki ishlar vazirligining, Tashqi ishlar vazirligining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1162-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 140-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda)