O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risida 2010-yil 10-dekabr kuni Moskva shahrida imzolangan shartnomasi tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan markaziy vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakolatli organlar etib belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4333-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4333/3174-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani hamda Shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-may,
PQ-1532-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 226-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 23.05.2019-y., 07/19/4333/3174-son)