Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.09.1996 yildagi PF-1565-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 1997-YILGI DAVLAT BUDJETI MUNOSABATI BILAN SOLIQ ISLOHOTINI ChUQURLAShTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish vazifalariga muvofiq tarzda soliq tizimini takomillashtirish, tabiiy va moddiy-texnikaviy resurslardan samarali foydalanishda soliqlarning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish, Davlat budjetining barqaror daromad bazasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilgi Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish chogʻida quyidagilar soliq islohotini chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilgi budjetda qabul qilingan soliq stavkalari va normativlarning moliya yili mobaynida oʻzgarmasligini taʼminlovchi barqaror soliq tizimini vujudga keltirish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va majburiy toʻlovlarning sonini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini bir xil qilish hisobiga soliq tizimini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga (ishlar, xizmatlarni bajaruvchilarga) nisbatan soliq yukining oshirilishiga yoʻl qoʻyilmagan holda budjetning umumiy daromadlarida resurs va mulkiy toʻlovlarning rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish, barcha mulkchilik shaklidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq intizomini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning daromad bazasini yanada mustahkamlash, mablagʻlarning toʻliq tushishi hamda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining hal etilishi uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari fondlarni (Ijtimoiy sugʻurta fondi, Bandlik fondi, Yoʻl fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Maxsus hisobvaragʻi) Davlat budjetida jamlab, ularni shakllantirish va foydalanishning maqsadli yoʻnalishini saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur yoʻnalishlarning roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Foydadan olinadigan soliq stavkasi 37 foizdan 36 foizgacha pasaytirilsin hamda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (ustav fondidagi xorijiy ulushi 30 foizdan koʻproq boʻlgan korxonalar), bolalar uchun moʻljallangan tovarlar va xalq badiiy hunarmandchiligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi uchun amaldagi imtiyozli soliq stavkalari saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik korxonalari uchun foydadan olinadigan soliq stavkasi quyidagi miqdorda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik 25 foizgacha boʻlganida 3 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik 25 foizdan yuqori boʻlganida 20 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Birinchi galda zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari (un, non, goʻsht, sut va sut mahsulotlari)ga qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 17 foizdan 10 foizgacha kamaytirilib, ayni bir vaqtda qolgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga stavkalar 17 foizdan 18 foizgacha oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida davlat buyurtmalari boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Bir xil soliqqa tortiladigan bazaga ega boʻlgan quyidagi soliqlar va toʻlovlar birlashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er bagʻri soligʻi va mineral xomashyo bazasini takror ishlab chiqaruvchi budjetdan tashqari fondga ajratmalar — mineral resurslarning turlariga qarab stavkalar tabaqalashtirilgan holda yagona yer bagʻri soligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk soligʻi va transport vositalarining egalaridan olinadigan (yuridik shaxslar uchun) soliq — soliq stavkasi asosiy fondlar qiymatining 3 foizi miqdorida belgilangan holda yagona mulk soligʻiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Amaldagi soliqlar oʻrniga mahsulotni sotish (ishlar, xizmatlarni bajarish)dan tushgan daromadning 25 foiziga qadar miqdordagi yagona soliqni joriy etish yoʻli bilan barcha mulkchilik shaklidagi kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning tabaqalashtirilgan soddalashtirilgan tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyada koʻrsatilgan darajadan yoki belgilangan rentabellik darajasidan oshib ketgan foydaning jami summasini budjetga olib qoʻygan holda monopoliyachi korxonalar uchun ortiqcha foyda soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxining bir foizi miqdorida ekologiya soligʻi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlaridagi korxonalarga yer yuzasidagi manbalardan olinadigan suv uchun haq undirish joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda qishloq xoʻjalik korxonalari uchun suvga haq toʻlash normativlari va stavkalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Inflatsiya darajasi izchil pasayib borayotganligi munosabati bilan budjetga toʻlovlar muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun soliq toʻlovchidan undirib olinadigan penya miqdori toʻlov muddati oʻtkazilgan har bir kun uchun boqimanda miqdorining 0,2 foizidan 0,15 foizigacha kamaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmon moddalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilgi Davlat budjeti loyihasini ishlab chiqish chogʻida quyidagilarni koʻzda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining egalaridan (jismoniy shaxslar uchun) soliqning, yer soligʻi va suv haqining amaldagi stavkalarini 1,5 baravar oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir obyekt boʻyicha yakka-yakka normalar oʻrniga asosiy fondlarning guruhlari boʻyicha yagona amortizatsiya normalarini belgilashni nazarda tutgan holda amortizatsiyani hisoblab chiqarishning amaldagi tartibiga oʻzgartishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda soliq siyosatini amalga oshirishning yagona qonun bazasi vujudga keltirilishini taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni 1996-yilda nihoyasiga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1565-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 174-modda)