27.04.2001 yildagi PF-2836-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
 LexUZ sharhi
Respublikada bozor infratuzilmasini shakllantirish, ulgurji va birja savdosini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishni monopoliyadan chiqarish, tovar-xomashyo birjalaridagi savdoda kontraktlar tuzish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi, doimiy ishlovchi Respublika yarmarka savdosi markazi — “O‘zko‘rgazmasavdo”, ulgurji bozorlar tarmog‘i, bozor infratuzilmasining boshqa bo‘g‘inlari tashkil qilindi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami,2004-y., 1-2-son, 9-modda)
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga birja faoliyatini tashkil etishni yaxshilashga, birja bitimlarining amalga oshirilishi hamda birja narxlari belgilanishi uchun birjalar va birja savdosi qatnashchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan zarur o‘zgartish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin.