Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2001 17.04.1996 yildagi PF-1425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOShLARINING “KAMOLOT” JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 29-may PF-2868-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi PF-1425-son Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasini tashkil etish Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, Respublika davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Biznes-fondi” boshqaruvi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi va boshqa taʼsischilarning takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, chuqur bilim, kasb egallashi, oʻzlarida yuksak maʼnaviyat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini hosil qilishi, ularning istiqlol ishining izchil davomchilari boʻlib etishishlarida koʻp qirrali yordam koʻrsatishni oʻzining dasturiy vazifasi qilib belgilanganligi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma oʻzini oʻzi mustaqil boshqaruvchi, mablagʻ bilan taʼminlovchi va mustaqil faoliyat yurituvchi nohukumat jamoat birlashmasi sifatida yuridik shaxs huquqiga ega ekanligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma Oʻzbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etish, demokratiyani rivojlantirish, yoshlar qalbida milliy maʼnaviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida sogʻlom ruh hamda dunyoqarashni shakllantirishdek xayrli ishni maqsad qilib qoʻyganligi eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma quyidagilarni oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishi etib belgilagani eʼtiborga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yoshlarni ijtimoiy jihatdan muhofaza etish ishlarida qatnashish, ularning bilim olish, mehnat qilish, siyosiy va bosh konstitutsiyaviy huquqlarini toʻla amalga oshira olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yoshlarning tarbiyasiga taalluqli keng qamrovli ishlarni amalga oshirishda davlat idoralari, muassasalar, mehnat jamoalari, ilmiy, ijodiy uyushmalar, jamoat tashkilotlari, homiylar, jamoat arboblari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yoshlarda umuminsoniy qadriyatlar, milliy axloq, odob, demokratik yoʻnalishlarni takomillashtirish asosida barkamol maʼnaviy xislatlar, yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo doʻstlik rishtalarini mustahkamlash uchun zarur muhit va shart-sharoitning yaratilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yoshlarga zamonaviy bilim, texnologiyalarni egallash, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va amaliyotini oʻzlashtirish, yangicha fikrlash omillarini hosil qilishda yordam koʻrsatish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash, uning faoliyatida ishtirok etish respublika jamoatchiligining, davlat idoralari, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar, jamoat arboblari, yoshlar murabbiylari, yurt oqsoqollarining vatanparvarlik burchi ekanligi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, firmalar va uyushmalar uchun ochiq ekanligi eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahrida jamgʻarmaning boʻlimlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida uning Ustav doirasidagi faoliyati boʻyicha soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kamolot” jamgʻarmasining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1425-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 4-son, 43-modda)