Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2019 28.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2189
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 28.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2189
Кучга кириш санаси
07.02.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2019
Hujjat 07.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI TOMONIDAN YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOGʻIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALAR TURAR JOYLARINING SAQLANIB QOLISHINI NAZORAT QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2189]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 462-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2189-2, 10.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 260-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 46, 206-QQ va 29-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 4-modda), “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1999-y., 4-son, 18-modda) va 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 260-modda) qarorlariga muvofiq vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar deb ataladi) turar joylarining saqlab qolinishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joyga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish maqsadida, ularni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moʻljallangan muassasalarga, oilaviy bolalar uylariga, farzandlikka olgan oilalarga, vasiylar yoki homiylarga yuborishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi boʻyicha turar joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biriktirilgan turar joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarda, boshqa taʼlim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramogʻida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida turar joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlab qolinishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab turilishi yuzasidan nazorat yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hisobidagi turar joyning saqlab qolinishini nazorat qilishda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakillari, shuningdek ularning turar joylari va mulklari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi boʻyicha turar joyini bolada saqlab turishga oid tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini u qabul qilingan kunning oʻzida turar joyga boʻlgan huquqlarni bolada saqlab qolinishini taʼminlash maqsadida turar joy joylashgan tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga, shuningdek yetti kun ichida bolaning qonuniy vakillari, turar joylari joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joyini bolalarda saqlab turish boʻyicha tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini olganidan soʻng, ushbu turar joyni saqlab qolish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida vasiylik va homiylik organiga maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimiga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab qolish uchun topshirilgan turar joylarini oʻzga shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushganda, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bu haqda uch kunlik muddatda vasiylik va homiylik organiga xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari, agar ushbu turar joyda bolalarning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu turar joylar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarda, boshqa taʼlim muassasalarida, oilaviy bolalar uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramogʻida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davri mobaynida boshqa fuqarolarga ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turilgan turar joylarida ularning qarindoshlari yashagan hollarda yoki mazkur turar joy foydalanish uchun ijaraga berilgan taqdirda, ushbu shaxslarni mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan turar joyni saqlash bilan bogʻliq majburiyatlarga rioya qilish yuzasidan yozma ravishda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vasiylik va homiylik organlari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarini mazkur Qoidalarda belgilangan talablar boʻyicha saqlanishini nazorat qilish maqsadida turar joylarni bir yilda kamida ikki marotaba joyiga borib oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joylarni saqlash boʻyicha belgilangan majburiyatlarga rioya etilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushsa vasiylik va homiylik organlari turar joyni saqlanish holatini zudlik bilan oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turar joylari boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan taqdirda, turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organining mazkur Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) hokimining qarori nusxasini olgan kundan boshlab, uch kun muddat ichida ushbu turar joyni joyiga borib oʻrganishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vasiylik va homiylik organi saqlab turish uchun topshirilgan turar joyni oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning turar joyga boʻlgan huquqining taʼminlanayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning holati belgilangan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyni saqlash boʻyicha belgilangan talablarni buzilganligi holati va ularni bartaraf qilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasiga rioya etilishi ahvoli va qonuniy vakillarga turar joy holatini yaxshilashga qaratilgan choralar koʻrishi lozim ekanligi haqidagi tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma vasiylik va homiylik organi vakili, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning boshqa qonuniy vakillari hamda turar joy joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi tomonidan imzolanib, tegishli tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi turar joy saqlab turish topshirilgan vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakillarida saqlanadi. Agar, turar joy ijaraga berilgan boʻlsa, ijaraga oluvchiga dalolatnomadan nusxa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turilgan turar joyi boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan boʻlsa, ushbu hududning vasiylik va homiylik organi turar joyning saqlanishi ahvoli haqida har yarim yil yakuni boʻyicha mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan shaklga muvofiq hisobotni va turar joyni saqlanish ahvoli yuzasidan har bir oʻtkazilgan oʻrganish dalolatnomasini yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash joyi hududidagi vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashash joyidagi hududning vasiylik va homiylik organi bolalarning qonuniy vakillaridan yil tugashi bilan kelgusi yilning boshida (10-yanvargacha) bolalar turar joylarini saqlanib turishi toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning ilovasidagi shaklga muvofiq yozma hisobot oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotga turar joyni saqlash va undan foydalanish bilan bogʻliq ayrim majburiyatlar bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar (soliqlar, majburiy badallar va majburiy toʻlovlar, sugʻurta va boshqa toʻlovlar qogʻozlari) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisobot yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashash joyidagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vasiylik va homiylik organlarida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylari haqidagi hisobot va dalolatnomalarni qayd etish boʻyicha alohida jurnal yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyining saqlanib qolishi boʻyicha tasdiqlangan hisobotlar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ular yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlarida yuritiladigan shaxsiy yigʻma jildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyining saqlanib qolishini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylarining saqlanishi ahvoli toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organlari (qonuniy vakillar)ning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN‎

___________________________________‎

(Vasiylik va homiylik organi rahbari F.I.Sh. va imzosi)


‎M Oʻ‎

“____”_______________201__y.‎

(hisobot tuzilgan sana)‎

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning saqlab turish uchun topshirilgan turar joylarining saqlanishi ahvoli toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organlari (qonuniy vakillar)ning
‎___________ davri yakuni boʻyicha

HISOBOTI

1. Hisobot taqdim etildi‎
‎_______________________________________________________________________

(pochta indeksi, manzili)

‎‎_______________________________________________________________________
manzili boʻyicha istiqomat qiluvchi ________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

(Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun saqlangan turar joy joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organlari (qonuniy vakillar) vakillarining F.I.Sh.)

Pasport raqami va seriyasi: №________, _______________
‎Kim tomonidan va qachon berilgan: ________________________________________
_______________________________________________________________________
Tugʻilgan sanasi____________, tugʻilgan joyi________________________________
Tel: _________________________‎
‎Ish joyi va lavozimi____________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎2. Hisobot yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

(pochta indeksi, manzili)

‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________

(yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning F.I.Sh.)

‎uchun saqlanib qolgan turar joy holati va saqlanishi toʻgʻrisida tuzilgan.
‎‎
‎3. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joyga joylashtirish vaqti va shakli
‎_______________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun saqlanib qolgan koʻchmas mulk, jumladan turar joy toʻgʻrisida maʼlumotlar

T/r‎ Koʻchmas mulkning turi va nomlanishi‎ Asosiy xaridlar*‎ Manzili‎ Maydoni (kv.m.)‎ Koʻchmas mulkka egalik qilish huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎
1.‎ Yer uchastkasi**‎
2.‎ Turar joy binosi‎
3.‎ Xonadon‎
4.‎ Boshqalar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Asosiy xaridlar (sotib olish, hadya, almashish, meros va boshqalar), shuningdek tegishli shartnoma yoki dalolatnoma rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Yer uchastkasining turi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻchmas mulkning, shu jumladan turar joyning saqlanishi va holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
T/r‎ Koʻchmas mulkning turi‎ Koʻchmas mulk tarkibining oʻzgarishi*‎ Izoh**‎

1.‎

Yer uchastkasi

2.‎

Turar joy binosi‎

3.‎

Xonadon‎

4.‎

Boshqalar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Koʻchmas mulk tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joyni oʻrganish natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎6. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli koʻchmas mulkdan, jumladan turar joydan tushayotgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
T/r‎ Koʻchmas mulkning nomlanishi‎ Manzili‎ Daromad qiymati (soʻm) Asos*‎ Bank rekvizitlari, shaxsiy hisob raqami**

1.‎

Yer uchastkasi

2.‎

Turar joy binosi‎

3.‎

Xonadon‎

4.‎

Boshqalar‎

5.‎

Hisobot davri uchun jami daromad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga ruxsat beruvchi vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va mulkni ularning tasarrufidan chiqarilishi haqidagi shartnoma rekvizitlari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli mulkdan olinayotgan mablagʻlarni qabul qilayotgan bankning rekvizitlari, bolalarning shaxsiy hisob raqami koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎7. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli turar joy hisobidan bajarilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
T/r‎ Xarajat turlari‎ Qiymati (soʻm) Sana*

1.‎

Majburiy badallar va majburiy toʻlovlar — hisobot davri uchun jami

2.‎

Turar joyni taʼmirlash:
‎1)
‎2)
‎Hisobot davri uchun jami

3.‎

Boshqa xarajatlar
‎1)
‎2)
‎Hisobot davri uchun jami

4.‎

Hisobot davri uchun jami xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsiy hisob raqamidan pul mablagʻlari olingan sana va ushbu mablagʻlar hisobiga bajarilgan xarajatlar sanasi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎8. Ushbu hisobotning 4—7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar nusxasi hisobotga ilova qilinishi lozim.
___________________________________‎ ___________________________________‎

(hisobot tuzgan shaxsning F.I.Sh.)

(hisobot tuzgan shaxsning imzosi)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 42-modda; 2015-y., 10-son, 122-modda)