LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishi ustidan ma’muriy nazorat usullarini qisqartirish hamda tashqi savdoni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2003-yilning 1-oktabridan import kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida oldindan ro‘yxatga olish bekor qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, quyidagi import kontraktlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertiza qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalanadigan;
ustav sarmoyasidagi davlat ulushi 50 foizdan ko‘proqni tashkil etadigan va o‘zining valyuta mablag‘lari bilan ta’minlanmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan kontraktlar.
(1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. 2003-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida import kontraktlarining bojxona monitoringi tizimi joriy etilsin. Bunday tizim import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholashni, shuningdek vakolatli organlarning axborot ayirboshlash borasidagi hamkorligini ko‘zda tutadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4494-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 2-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi import kontraktlarining bojxona monitoringini o‘tkazishni ta’minlaydigan vakolatli organ etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 18-fevraldagi PF-1930-son Farmonining 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.