O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab chiqarish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O‘zbekiston” yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining nikoh tantanali ravishda ro‘yxatga olinadigan majlislar zallariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning birinchi qismi 3-bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qo‘mitalari va devonining;
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarining;
Oldingi tahrirga qarang.
notariuslarning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarning;
(4-moddaning birinchi qismi 5-bandi o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining rasmiy nashrlarida;
(4-moddaning birinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan diplomatik pasportlarda;
Keyingi tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi milliy operatorining pochta vagonlari va pochta qutilarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining bo‘rtma tasviridan foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat’i nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 215-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2031-moddalariga qarang.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)