O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli va oq-qora tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab chiqarish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O‘zbekiston” yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oltin rangida tasvirlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, respublika Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning binolarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining majlislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari o‘tkazilayotgan binolarda, sudlar va hakamlik sudlari sud majlislari o‘tkazayotgan xonalarda, shuningdek tug‘ilish va nikoh tantanali suratda ro‘yxatga olinadigan xonalarda;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, uning Rayosati qo‘mitalari, komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qo‘mitalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa idoralarning, O‘zbekiston Respublikasi sudlari va hakamlik sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining, davlat notarial kontoralarining, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan muhrlar va blankalarda gerbning tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy bo‘ysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining rasmiy nashrlarida;
5) O‘zbekiston Respublikasining pul birliklarida, qimmatli qog‘ozlarida, obligatsiyalarida, pochta markalarida, pul-buyum lotereyasi biletlarida;
6) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan diplomatiya va o‘zga chet el pasportlarida;
7) O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralarida o‘rnatiladigan sarhad stolbalarida o‘rnatib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining bo‘rtma tasviridan O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari majlis zallarida, sudlar va hakamlik sudlari — sud o‘tkaziladigan majlis zallarida, fuqarolik holatini qayd etish idoralari — tug‘ilish va nikoh tantanali suratda ro‘yxatga olinadigan xonalarda foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini aks ettirish majburiy bo‘lgan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat’i nazar, ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi ushbu Qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviridan foydalanish huquqi berilgan davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek respublikada turgan o‘zga shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.