Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT RAMZLARI HAQIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARIGA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi 407-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddadagi “Respublika” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻladi”;
3) 4-moddaning:
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Bayroqning” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Yangi oy va yulduzlarning” degan soʻzlar “Oq rangli yangi oy va oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Yangi oy” degan soʻzlar “Oq rangli yangi oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi birinchi jumlasidagi “Yulduzlar” degan soʻz “Oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi:
1) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining binolarida;
2) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;
3) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raislarining;
respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy koʻchalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish oʻtkazilayotgan binolar va xonalarda;
6) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq;
7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yoʻnalishi boʻyicha va boshqa tashrif obyektlarida;
8) rasmiy shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;
9) Oʻzbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida roʻyxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qoʻshilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
11) doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish punktlarida;
12) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida koʻtarilishi mumkin”;
5) quyidagi mazmundagi 51 va 52-moddalar bilan toʻldirilsin:
“51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilariga;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, oʻquv-tarbiya jarayonida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
52-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas”;
6) 6 va 7-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi:
ushbu Qonun 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da koʻtariladi va soat 22 da tushirib qoʻyiladi;
ushbu Qonun 5-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda ovoz berish yoki referendum oʻtkazish davrida koʻtarib qoʻyiladi;
ushbu Qonun 5-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin koʻtariladi va ular joʻnab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qoʻyiladi.
7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan koʻtarilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchamidan katta boʻlmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligidan past boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari koʻtarilganda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil oʻlchamga ega boʻlishi kerak”;
7) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻtarib qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda boʻlishi kerak”;
8) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “Bayroq” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
10) 11 va 12-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda.
Ushbu Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
12-modda.
Ushbu Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
11) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 2-moddadagi “respublika” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddaning:
birinchi qismi toʻrtinchi jumlasidagi “respublika” va “Oʻzbekiston” degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston” yozuvi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston” yozuvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri:
1) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga;
2) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning Kengashining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning Kengashining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining nikoh tantanali ravishda roʻyxatga olinadigan majlislar zallariga;
3) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raislarining;
respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining;
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining blankalarida;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qoʻmitalari va devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, uning Kengashi, qoʻmitalari va devonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
davlat boshqaruvi organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning);
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarining;
notariuslarning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarning;
qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining rasmiy nashrlarida;
7) Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilarida;
8) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan diplomatik pasportlarda;
9) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarida oʻrnatiladigan sarhad ustunlarida;
10) Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasi milliy operatorining pochta vagonlari va pochta qutilarida;
11) umumdavlat namunasidagi hujjatlarda aks ettiriladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining boʻrtma tasviridan foydalanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, oʻquv-tarbiya jarayonida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 51-modda bilan toʻldirilsin:
“51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas”;
5) 6 va 7-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-modda.
Ushbu Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
7-modda.
Ushbu Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
6) 8-moddaning:
birinchi qismidagi “respublikada turgan oʻzga shaxslar” degan soʻzlar “Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi 768-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chogʻida — u qasamyod qabul qilganidan soʻng;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sessiyalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chogʻida;
3) Oʻzbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlar va majlislarning ochilishi chogʻida;
4) davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — koʻrsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan soʻng, koʻrsatuv va eshittirishlar kechayu kunduz olib borilganida esa soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kechasida — soat 24 da;
5) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va sanʼat arboblari sharafiga oʻrnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chogʻida;
6) davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini koʻtarish chogʻida;
7) rasmiy safar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chogʻida — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib boʻlinganidan keyin;
8) harbiy marosimlarni oʻtkazish vaqtida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
9) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida — yangi oʻquv yili boshlanishi va oʻquv yili tugashi marosimlari chogʻida;
10) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida ijro etiladi”;
2) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin”;
3) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi koʻpchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, hozir boʻlgan kishilar madhiyani tik turib va oʻng qoʻl kaftini koʻkrakning chap tomoniga qoʻyib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qoʻlini bosh kiyimiga qoʻyib tinglaydi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir boʻlgan kishilar unga yuzi bilan buriladi”;
4) 8-moddaning:
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “madhiya” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻquv yurtlarida” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddadagi “oʻquv yurtlarida” degan soʻzlar “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda.
Ushbu Qonunning ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu Qonunning ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
7) quyidagi mazmundagi 13-modda bilan toʻldirilsin:
“13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 2031-modda bilan toʻldirilsin:
“2031-modda. Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “203” raqamidan soʻng “2031” raqami bilan toʻldirilsin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-dekabr,
OʻRQ-273-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 484-modda)