LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Raqobat to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga va Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari qiymati.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni belgilash, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish va ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan muayyan tovarlarga nisbatan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va belgilashning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
ustama — xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi (tarifi) ustiga qo‘yilgan qo‘shimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
narxlarni tartibga soluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirig‘i bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
monopolist korxona — tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan va Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) bilan band bo‘lgan, Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
Keyingi tahrirga qarang.
rentabellik — zaruriy foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda summasi) ishlab chiqariladigan tovarga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqiladigan korxona faoliyatining foydalilik nisbiy ko‘rsatkichi;
tartibga soluvchi koeffitsiyent (pasaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor;
tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi ko‘rsatkichi va xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini aks ettiradigan va tartibga soluvchi koeffitsiyentni aniqlashda asos qilib olinadigan boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
4. Ushbu Nizom quyidagi tovarlar narxlari (tariflari)ni shakllantirish va deklaratsiya qilishda qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (moliyaviy xizmatlardan tashqari);
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadigan ayrim tovarlar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlar.
Keyingi tahrirga qarang.
monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi o‘rinlarda narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish deb ataladi);
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi o‘rinlarda narxlar (tariflar)ni tasdiqlash deb ataladi);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda tovarlarning muayyan turlariga qat’iy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (kelishish);
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ayrim tovarlarga qat’iy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibini belgilash. Ko‘rsatib o‘tilgan tartib O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxni (tarifni) mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega. Bunda:
narxlarni (tariflarni) pasaytirish, keyinchalik narxlarni tartibga soluvchi organni xabardor qilgan holda, barcha iste’molchilar uchun bir vaqtda amalga oshiriladi.
Tovarlariga narxlar davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyekt, shuningdek tasdiqlangan (kelishilgan) narxni (tarifni) barcha iste’molchilar uchun bir vaqtda mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning cheklangan darajalari, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama yoki cheklangan rentabellik (pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).
Pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organda quyidagi hollarda narx (tarif)ni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) shart:
monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti sifatida tan olingan tovarga — tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida;
narx (tarif), ustama, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent o‘zgarganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
9. Respublika tashqarisiga tovarlar yetkazib beradigan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovarlar bo‘yicha hisob-kitobni shartnomaviy (erkin) narxlar bo‘yicha, biroq deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlar (tariflar)dan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Monopolist korxona yoxud tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasi ta’minotiga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno.
11. Aniq bir tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) tovarning markasi, turi, navi bo‘yicha amalga oshiriladi.
12. Tovarlarning turlari (markalari, tiplari, o‘lchamlari va hokazolar)ning ancha soni mavjud bo‘lgan taqdirda tovar birligiga xarajatni belgilash murakkab bo‘lganda narxlarni tartibga soluvchi organ tovar rentabelligining cheklangan darajasini yoki amaldagi narxlar (tariflar)ga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga soluvchi koeffitsiyentni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) mumkin.
Tartibga soluvchi koeffitsiyent loyihalashtirilayotgan tarif smetasini, ilgari narxni tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlangan tarif smetasiga nisbati orqali, tovarlar ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar va sof foyda ko‘rsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda quyidagilar bo‘yicha:
normalanadigan xarajatlar bo‘yicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat va shu kabilarni sarflash normalarini) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
normalanmaydigan xarajatlar bo‘yicha — oldingi to‘rt chorakning hisobot ko‘rsatkichlari tahlili asosida va narxlarning prognoz bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng ko‘p sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ularning o‘rtacha ko‘rsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tovarga (issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya va sanitariya bo‘yicha tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan tashqari) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda hisobga olinadigan sof foyda miqdori, quyidagilar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit to‘liq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qo‘yilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
dividendlar to‘lovi uchun. Ushbu tovarga to‘g‘ri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan ulgurji va vositachi tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan ustama miqdori tovarlarni yetkazib berish turlari bo‘yicha deklaratsiya qilinishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
16. Tovarlariga narxlar (tarif) davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyekt bunday har bir tovar bo‘yicha daromadlar, xarajatlar va jalb etilgan aktivlarning alohida hisobini yuritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq to‘lashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sig‘imi (tovarning muayyan turiga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tannarxni hisoblash yoki davr xarajatlarini, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni, soliqlar va boshqa foydadan majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni, monopolist korxona yoxud davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobiga sof foyda summasini taqsimlash tarmoq xususiyatiga ega bo‘lgan taqdirda narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar oldingi hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi subyekt (issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalaridan tashqari) tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablag‘larni tejashga erishgan bo‘lsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda tejalgan mablag‘larning 50 foizgacha bo‘lgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichidan kam bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining kalendar yil mobaynidagi o‘sish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmagan tuzatishni hisobga olgan holda, xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan sonidan ortiq bo‘lmagan xodimlar sonidan hamda amaldagi narx (tarif)da qabul qilingan o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmalarini saqlash uchun ajratmalar bo‘yicha xarajatlar yuqori organ yuqori boshqaruv organining yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasining qarori bilan belgilangan miqdorda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narx (tarif) loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organga ko‘rib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Agar davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan ushbu davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan boshqa monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tovar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, narx (tarif) loyihasini ko‘rib chiqish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining tegishli organi taqdim etadi.
21. Tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organga ariza bilan va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
g) umuman xo‘jalik yurituvchi subyekt va har bir aniq tovar bo‘yicha alohida xarajatlar moddalari mazmuni, quyidagilar ilova qilinadigan daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlar:
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallardan, yoqilg‘i, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda);
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini ko‘rsatgan holda);
* 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi ko‘rsatilgan holda);
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadidagi ustama xarajatlar, materiallarga bilvosita xarajatlar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda mazmuni (shu jumladan asosiy qarz va foizni qaytarishning tasdiqlangan jadvallari taqdim etilgan holda jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar);
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha faoliyatning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
d) ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha natura ifodasida tovarlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
e) investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi ko‘rsatilgan holda (mavjud bo‘lgan taqdirda) investitsiya dasturining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
j) oldingi hisobot davri uchun amalga oshirilgan (yoki amalga oshiriladigan) investitsiya dasturlari natijasida ishlab chiqariladigan tovarlarning material sig‘imi, energiya sig‘imi va mehnat sig‘imi darajasi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralariga bo‘lgan ehtiyoj (zaruriyat bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Zaruriyat bo‘lganda narxni tartibga soluvchi organ narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan va narxlarni tartibga soluvchi organning so‘rovi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan bo‘lishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
b) hujjatlar oldingi to‘rt chorak va oldingi kalendar yil uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tashqari);
23. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning narxi (tarifi) darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar keskin o‘zgargan taqdirda narxlarni tartibga soluvchi organ narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda narxlarni tartibga soluvchi organ monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektiga ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma yuboradi. Narxlarni tartibga soluvchi organning yozma ko‘rsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusining sabablari ko‘rsatilishi kerak.
Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organning yozma ko‘rsatmasi olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.
24. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar)ni asoslash bo‘yicha hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, narxlarni tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha barcha zarur hujjatlar to‘liq hajmda olingan kundan boshlab bir oy muddatda (tabiiy monopoliyalar subyektlari bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
narx (tarif) oshirilishini rad etish to‘g‘risida (narx yoki tarifni amaldagi darajada saqlash to‘g‘risida);
Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoxud amaldagi narx (tarif)ni yoki monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taklif etilayotgan narx (tarif)ni ushbu Nizom talablariga muvofiq asoslangan narx (tarif) darajasigacha o‘zgartirish yo‘li bilan, yoxud monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan darajada qoldirilgan holda amalga oshiriladi.
Narxni tartibga soluvchi organ o‘z qarori to‘g‘risida monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyektini yozma ravishda xabardor qiladi. Narx (tarif) oshirilishi rad etilgan taqdirda yozma bildirishnomada rad etishning asosi ko‘rsatiladi.
26. Narxni tartibga soluvchi organ tomonidan narx (tarif)ning deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi)da (mazkur Nizomga 9-ilova*) ko‘rsatilgan sana monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ning amalga kiritish sanasi hisoblanadi.
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to‘g‘risidagi qarori tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda e’lon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova*) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova*) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga, ikkinchi nusxasi — O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga va uning hududiy organlariga (keyingi o‘rinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) narxni (tarifni) hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflar (xarajatlar)ning bitta satri summasi sarflar (xarajatlar)ning boshqa turi satri summasi o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganda monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti ushbu o‘zgarish to‘g‘risida, tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 1-ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga soluvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
* 1 va 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tovarlarning ayrim turlariga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘z vakolatlari doirasida, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish ushbu Nizomning III bo‘limida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
30. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar davlat boshqaruvi tegishli organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni taqdim etadi. Davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar to‘liq hajmda olingandan keyin bir hafta muddatda quyidagi xatti-harakatlardan birini amalga oshirishi shart:
hujjatlar iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qaytaradi;
31. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasi bilan birgalikda quyidagi tartibda narxlarni tartibga soluvchi organga yuboriladi:
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, hududiy joylashishi bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalariga.
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish ushbu Nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
32. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni shakllantirish va deklaratsiya qilish (kelishish) tartibi ushbu Nizomning III va IV bo‘limlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlari (tariflari) Hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlarni tartibga soluvchi organda narxlar (tariflar)ni:
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
normativ hujjat yoki Hukumat topshirig‘i chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar ularda boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa);
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
narx (tarif), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent o‘zgarganda deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi, kelishib olishi) shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
33. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) to‘g‘ri shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya qilish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazadi va o‘rganadi (tahlil qiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
34. Nazoratni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organidan, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektidan narxlarni tartibga soluvchi organga taqdim etilgan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning hisob-kitobini asoslaydigan materiallarni so‘rashga haqlidir.
Birja (auksion) savdolarida shakllanayotgan narxlarni nazorat qilish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi har kuni birja (auksion) savdolar tashkilotchilari tomonidan birja (auksion) savdolariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan tovarning tegishli nomenklaturasi bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlardan, shuningdek sotilgan tovar narxlarining o‘rtacha birja narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan va birja (auksion) savdolarida shakllangan narxlardan foydalanadi.
35. Monopoliyaga qarshi davlat organi belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini bajarish, shuningdek tahlil qilish davomida mazkur Nizom talablari buzilishi holatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq ish qo‘zg‘aydi va tegishli qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirish, birja (auksion) savdolari natijasida shakllangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘llanish;
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olish;
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilishi;
tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilg‘i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirish, bundan texnologik buzilishlarning oldini olishga yoki davlat organlarining ko‘rsatmalarini bajarishga yo‘naltirilgan yengib bo‘lmaydigan kuch, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hollari mustasno;
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymati shakllantirilishi tartibi buzilgan holda obyektlarning kapital qurilishi smeta qiymatini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan ishlar hajmini sun’iy ravishda oshirish (qo‘shib yozish);
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qo‘ymaslik — bu birja narxlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tovarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari hajmini birja savdolariga qo‘yish uchun jadvallarda nazarda tutilgan hajmdan chetlatish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning iste’molchi tomonidan pasaytirilishi;
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va ko‘rsatib o‘tilgan foyda olib qo‘yilmaydi.
(36-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda)
37. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxni (tarifni) qo‘llash tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar tovarlarni asossiz oshirilgan narx (tarif) bo‘yicha sotishdan olingan haqiqatdagi tushum bilan (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu tovarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (tasdiqlangan, kelishilgan) narxi (tarifi) qiymati (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narx (tarif) shakllanishi tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar tovarlarni oshirilgan narx (tarif) bo‘yicha sotishdan olingan amaldagi tushum bilan (ularga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu Nizomga muvofiq shakllantirilgan narx (tarif) bo‘yicha ushbu tovarning qiymati (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) o‘rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablag‘lar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Sotish narxlariga ustamalar qo‘shilgan holda tovarlarga sotish narxlarini shakllantiradigan va qo‘llaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot-sotish, vositachilik korxonalari va boshqa tashkilotlar uchun olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar quyidagicha aniqlanadi:
asossiz oshirilgan ustamalar qo‘llanilgan hollarda — tovarlarni sotishdan olingan haqiqatdagi ustama summasi bilan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yoki belgilangan ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda aniqlangan belgilangan ustamalar qo‘llanilgan hollarda — asossiz oshirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan tovarning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan tovarning ayni o‘sha hajmiga ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlariga nisbatan cheklangan rentabellik belgilangan korxonalar uchun umuman tovarlar guruhlari (turlari) bo‘yicha cheklangan rentabellik oshirilishi hisobiga olingan mablag‘lar yillik hisob-kitoblar asosida olib qo‘yilishi kerak.
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar uni shakllantirishning to‘g‘riligini tekshirish davomida buyurtmachi tomonidan belgilangan qurilish obyekti qiymati bilan amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan obyekt qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
bajarilgan ishlar hajmini sun’iy ravishda oshirish (qo‘shib yozish) natijasida olingan mablag‘lar buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan hajmlar bilan pudratchi tomonidan haq to‘lash uchun taqdim etilgan amaldagi hajmlar o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektdan tovarni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi tafovut, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan oxirgi savdolarga qo‘yilgan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlang‘ich narxi o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytirish orqali hisoblangan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha yoki birja savdolarida iste’molchilar tomonidan sotib olingan, qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotish taqiqlangan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan sotib olish narxi va qaytadan sotish narxi o‘rtasidagi tafovut tarzida olingan daromad davlat monopoliyaga qarshi organida ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda maxsus tranzit hisob raqami deb ataladi) olib qo‘yiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
40. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini amalga kiritish muddatlariga rioya qilinmaganligi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) yangi joriy etilgan narxlar (tariflar) bilan avval amal qilgan narxlar (tariflar) o‘rtasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga zid ravishda yangi narxlar (tariflar) muddatidan oldin amalga kiritilgan davr uchun tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) qo‘llanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan uning navbatdagi oshirilishi natijasida shakllantirilgan narx o‘rtasidagi tafovutni korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan davrdan boshlab sotilgan tovarning hajmiga ko‘paytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (kelishilmasdan) qo‘llanishi hollari aniqlanganda, ularni tartibga solish Hukumat qarorlari bilan nazarda tutilgan taqdirda, asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan narxlarni tartibga soluvchi organda deklaratsiya qilish (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx (tarif) o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib o‘tilgan sana davridan boshlab tovarni sotish hajmiga ko‘paytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Jarima solish sud tartibida, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan huquq buzilishi sodir etilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy to‘langan hollarda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom buzilishi natijasida olingan mablag‘lar bir oy muddatda ixtiyoriy tartibda to‘lanmaganda, monopoliyaga qarshi davlat organi iste’molchilarga qaytarish va/yoki olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar undirilishi to‘g‘risida sudga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida ko‘rsatilgan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi, yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, maxsus tranzit hisob raqamiga olib qo‘yiladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qo‘yiladi. Bunda ushbu summa xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning texnik hamda texnologik normalarining amaldagi oshgan hajmini tegishli xomashyo, materiallar, yoqilg‘i yoki energiya narxiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
44. Jarima qoida buzilishining butun davri uchun qo‘llaniladi va undirish, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati va budjet bilan o‘zaro munosabatlaridan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin uning tasarrufida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
45. Noqonuniy olingan mablag‘lar olib qo‘yilishi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Maxsus tranzit hisob raqamiga olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘larni hisoblab chiqishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar oshirilishiga olib kelgan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi xo‘jalik yurituvchi subyektdan olib qo‘yiladigan mablag‘ kamaytirilishiga hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Monopoliyaga qarshi davlat organi noqonuniy olingan mablag‘larni olib qo‘yish va ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun jarima solish to‘g‘risida sud qarorini olib, sudning mazkur qarori kuchga kirgandan keyin ushbu mablag‘larni maxsus tranzit hisob raqamiga undirish choralarini ko‘radi.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar bir oyda ikki marta (oyning 15-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari fondiga.
(47-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Nazorat qiluvchi organlar ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlanganda tekshirish va o‘rganish materiallarini tegishli choralar ko‘rish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishini mustaqil aniqlagan va buning natijasida ortiqcha mablag‘lar olgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ularni iste’molchilarga qaytaradi yoxud, iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga kiritadi. Ushbu holda jarima qo‘llanilmaydi.
49. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va o‘rganish materiallari asosida ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37 — 41-bandlariga muvofiq qaytarilishi, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘larning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi, aynan o‘sha qoida buzish jarima qo‘llanilgandan keyin ikki yil mobaynida takroran aniqlanganda esa — 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qo‘llaniladi, alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilishi holatlari aniqlangan taqdirda, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) tayyorlovchi korxonaga nisbatan quyidagicha jarima qo‘llaniladi:
alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravar miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
jarima qo‘llanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan o‘sha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqargan korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 300 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qiymati qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Oxirgi hisobot sanasiga xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy aktivlari summasining 20 foizidan oshadigan jarimani undirish unga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida undiriladigan summani har oylik to‘lovlar bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Ushbu Nizom talablari davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining yozma topshirig‘i bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan taqdirda mablag‘lar ushbu qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob raqamidan olib qo‘yiladi.
51. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Maxsus tranzit hisob raqamiga noto‘g‘ri undirilgan mablag‘lar va jarimalarni qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha foizlar hisoblangan holda monopoliyaga qarshi davlat organi yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish muddatlari va hajmlari bo‘yicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qo‘yiladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilmagan hajmini sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan mablag‘lar;
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablag‘lar.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni olib qo‘yish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qo‘llashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomning (3-ilova) 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish muddatlari va hajmlari bo‘yicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qo‘yiladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilmagan hajmini sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan mablag‘lar;
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablag‘lar.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni olib qo‘yish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qo‘llashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 61-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda) ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 79-modda) ilovaning 1-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 3 va 8-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 38-modda) 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 2 va 14-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi 165-son va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 12-apreldagi 63-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 25-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 28-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori)” 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 2 va 4-bandlari.