O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XO‘JALIKLARINI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qayd etib o‘tilsinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratib berilishi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ancha ko‘paytirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash hamda qishloq aholisining ish bilan bandligini oshirish imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar maydoni sug‘oriladigan yerlarda 650 ming gektardan oshib ketdi. Ana shu maydonlarda umumrespublika miqyosidagi kartoshka va sabzavot hajmining 69 foizi, go‘shtning 80 foizdan ko‘prog‘i, sutning salkam 90 foizi yetishtirilmoqda. Dehqon xo‘jaliklari soni qariyb 20 mingtaga yetdi, ularda l09 mingdan ko‘proq xodim ish bilan band.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, joylardagi ishlarning ahvolini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatiga aralashish faktlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarga ajratib berilayotgan yerlarning sifati ba’zida past bo‘lib, bunda ulardan samarasiz foydalanish hollari mavjuddir. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalari hamda dehqon xo‘jaliklariga urug‘lik va ko‘chatlar, yem-xashak va veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va ixcham texnika sotish tizimi aniq-puxta yo‘lga qo‘yilgan emas, servis xizmati ko‘rsatish past darajada tashkil qilingan. Ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda qiyinchiliklar mavjud.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibda mahsulot yetishtiruvchilarning rolini kuchaytirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining samarali ishlashini tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Shu narsa qayd etilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat”, “Yog‘moytamakisanoat”, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmalarining, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining rahbarlari respublikada shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik aktlari hamda boshqa normativ aktlarning bajarilishini to‘liq darajada ta’minlamayaptilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida ko‘rsatilgan rahbarlar zimmasiga “Yer to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining talablari, shuningdek qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning mazkur toifasini shakllantirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari og‘ishmay bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin, amalda buyruqbozlik tugatilsin, ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga bo‘lgan mustaqil huquqi to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining maqomi to‘g‘risida tegishli qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
2. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratib berish chog‘ida tegishli tartib o‘rnatish, xo‘jasizlik faktlarining oldini olish, ajratib berilgan yer egalari ulardan oqilona va samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
— ajratib berilgan yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda undan oqilona foydalanish holatini o‘rganishni tashkil etish uchun “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prokuraturasining rahbarlari va mutaxassislaridan iborat respublika komissiyasi tuzilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida va respublika viloyatlarida ham xuddi shunday komissiyalar tuzilsin;
— mazkur komissiyalarga 3 oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga ajratib berilgan yerlarni yalpi ro‘yxatdan o‘tkazish topshirilsin. Ana shu yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish faktlari aniqlangan taqdirda ular O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq qaytarib olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi mazkur topshiriqning ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasin;
— ajratib berilgan yerlardan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xo‘jaligidagi eng yaxshi tovar ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish tariqasida ularga beriladigan yer maydonlarini sug‘oriladigan yerlarda 0,25 ga. dan 0,35 ga. gacha va lalmi yerlarda 0,5 ga. dan 1 ga. gacha ko‘paytirish imkoniyati ko‘zda tutilsin;
— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika va hududiy komissiyalar bilan birgalikda yerlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha qonunchilik aktlariga Farmonning ushbu bandidan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
3. Mayda va o‘rta qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmasining mazkur uyushma negizida “O‘zulgurjimevasabzavot” aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasini Qoraqalpog‘iston Respublikasida, respublika viloyatlari va tumanlarida tegishli bo‘linmalari bilan birga tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, Uyushma raisi “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
— shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish, respublika qonunchiligi tomonidan ularga berilgan huquq va manfaatlarni himoya qilish;
— shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida yerlardan samarali foydalanilishini muntazam suratda o‘rganib borish, qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha yer maydonlarini ajratib berish yoki ularni qaytarib olish to‘g‘risida tegishli hokimliklarga takliflar kiritish;
— qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni shartnoma asosida urug‘lik, o‘g‘itlar, ko‘chatlar, nasldor chorva va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish-texnologiya, transport, ta’minotchilik xizmati hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
— “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” tizimidagi mashina-traktor parklari bilan birga dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish;
— “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasining bo‘linmalari bilan birga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sotishda qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga yordam berish;
— shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga yuridik, axborot, marketing xizmatlari hamda boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Uyushma mablag‘lari dehqon va fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatidan ixtiyoriy ajratmalar hamda o‘z mablag‘lari hisobidan hosil bo‘ladi. Uyushma huzurida Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish to‘g‘risidagi taklif ma’qullansin. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larining manbalari etib belgilansin:
— kimoshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan tushadigan daromadning 5,5 foizi;
— shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklaridan undirib olinadigan yer solig‘i summasi mablag‘larining 5 foizi;
— yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari.
Bir yo‘la moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida Jamg‘armaga 500 mln. so‘m, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan — 200 mln. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mablag‘lari hisobidan — 50 mln. so‘m, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan — 250 mln. so‘m ajratib berilsin.
“O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizom loyihasini, mablag‘ jamg‘arish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun kiritsin va bunda mablag‘lar eng avvalo quyidagilarga yo‘naltirilishini nazarda tutsin:
— kreditni qoplashning zarur garov, sug‘urta va boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda dehqon va fermer xo‘jaliklarining egalariga imtiyozli kreditlar berish;
— mazkur xo‘jaliklarga agrotexnik, transport va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha Uyushma barpo etadigan infrastruktura inshootlarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurish;
— tashkil qilinadigan kichik korxonalarga aylanma mablag‘lar ajratib berish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga davlat yo‘li bilan madad berish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasiga aylanma mablag‘lar ajratib bersin;
“Paxtabank”, “Mevasabzavotbank”, “Fallabank”, “Tadbirkorbank” qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarni urug‘lik, o‘g‘itlar, ko‘chatlar, nasldor chorva va boshqa resurslar bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash uchun Uyushmaga kredit mablag‘lari ajratib bersin. Markaziy bank 10 kun muddat ichida: “Qishloq xo‘jaligida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirishga oid tub chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon talablariga muvofiq garov asosida kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqsin;
“O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyasi tajriba tariqasida 1997-yilda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarning ehtiyojlari uchun tortish kuchi 0,4 va 0,6 tonna bo‘lgan rusumdagi 150 ta traktorni ularning to‘liq turkumdagi qurollari bilan birga ishlab chiqarsin. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birga 1997-yilning 1-noyabriga qadar ixcham qishloq xo‘jalik texnikasi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazsin va zaruratga qarab uni ko‘plab tayyorlab berish dasturini ishlab chiqsin;
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi zimmasiga shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatish masalalari yuklansin. Mashina-traktor parklari tarkibida shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga mexanizmlar bilan yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tuzilsin, ularga ixcham texnika, shunday texnikaning ehtiyot qismlari va ta’mirlash buyumlari yetkazib berish hamda sotish tashkil qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga shu maqsadlarda uning hisob-kitoblari bo‘yicha mashina-traktor parklari uchun aylanma mablag‘lar ajratib bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari 2 oy muddatda:
— shaharlarda, tuman markazlarida, shaharchalar va yirik qishloqlarda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining egalaridan meva-sabzavot, go‘sht-sut hamda boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini shartnoma asosida qabul qilib oluvchi punktlarni tashkil qilsinlar. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini doimiy ravishda topshirib turuvchi Uyushma a’zolariga urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, o‘rash materiallari va uskunalarni muqobil tartibda yetkazib berish amalga oshirilsin;
— xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘lagan holda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining egalari bilan f’yucher kontraktlari tuzishni amalda keng joriy etsinlar;
— mahsulotni, ayniqsa meva, rezavor va sabzavot mahsulotlari yalpi pishib yetiladigan davrda ularni qabul qilib olish va sotishni jadallashtirish maqsadida “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bilan O‘zbekbirlashuvning mavjud muzxonalari, bazalari hamda boshqa ishlab chiqarish quvvatlaridan mumkin qadar ko‘proq foydalansinlar. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorida ko‘zda tutilganidek, meva-sabzavot mahsulotlarining ulgurji bozorlari tarmog‘ini bunyod etish jadallashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Uyushma hamda Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, shuningdek ular ta’sis etadigan va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko‘rsatadigan sho‘ba korxonalar davlat tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil muddatga daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Q. F. Obidov, Bosh vazir o‘rinbosari M. 3. Usmonov va Davlat maslahatchisi T. A. Alimov zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-mart,
PF-1737-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 85-modda; 2001-y., 9-10-son, 197-modda)