O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
MONOPOLIYAGA QARShI DAVLAT ORGANI QAYTA TAShKIL ETILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda) 2681-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2681 -modda. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178, 1781 va 2151-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning nomi va birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 27-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-oktabr,
O‘RQ-264-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 343-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)