Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.03.2004 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMINI KENG NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navroʻz Sharq xalqlari, jumladan, Oʻzbekiston xalqi uchun eng qadimiy va azaliy bayramlardan biridir. Bahor fasli va tabiat uygʻonishining timsoli, yasharish va yangilanish ramzi boʻlmish bu ayyomni orziqib kutish, baland ruh va katta xursandchilik bilan nishonlash el-yurtimiz uchun olijanob anʼanaga aylanib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, Navroʻz bayrami yurtimizda mart oyining uchinchi oʻn kunligi boshlanishiga toʻgʻri keladi. Va shunga asoslanib, mamlakatimizda 21-mart kuni Navroʻz bayrami, deb eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaga koʻra, Navroʻzga bagʻishlab poytaxtimiz Toshkentda, viloyatlar, shahar va tuman markazlarida bayram marosimlari, xalq sayillari va tomoshalar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq va davomli tariximizdan maʼlumki, Navroʻz bir kun emas, bir oy mobaynida bayram qilinadi va joylarda odamlar tabiat bilan hamohang boʻlib, bu ayyom quvonchini koʻpchilik bilan baham koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning mana shunday bayramlarni har qaysi voha va vodiyning mahalliy iqlim va tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda oʻtkazishi har tomonlama eʼtibor va qoʻllab-quvvatlashga munosibdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Gidrometereologiya Bosh boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, keyingi yillarda umuman iqlim oʻzgarishi munosabati bilan aynan shu mavsumda ob-havoning buzilib, yogʻingarchilik koʻp boʻlishi kuzatilmoqda va joriy yil ham bundan istisno emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday vaziyat ommaviy bayram tadbirlarini ochiq maydonlarda, istirohat bogʻlarida xalqimizning keng ishtirokida oʻtkazish uchun muayyan qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navroʻz umumxalq bayramini milliy qadriyat va urf-odatlarimiz ruhida keng nishonlash, uni oʻtkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish, odamlarning koʻngilli dam olishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Poytaxtimiz Toshkentda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti Nukus shahrida, viloyatlar, shahar va tuman markazlarida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni ob-havo sharoitini hisobga olib, mart oyining oxirigacha oʻtkazish maqsadga muvofiq, deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasiga bayram munosabati bilan markazda va joylarda belgilangan barcha tashkiliy-amaliy ishlarni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, yuksak darajada oʻtkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Sh. Mirziyoyevga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son