1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda) 9-moddasining 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20-modda. Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi”;
sakkizinchi qismidagi “baholovchi” degan so‘z “baholovchi tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 111-moddaning to‘rtinchi qismidagi, 115-moddaning oltinchi va o‘n uchinchi qismlaridagi “baholovchi” degan so‘z “baholovchi tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 128-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “baholashdan o‘tkazishi” degan so‘zlar “baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni, ularning xizmatlari uchun haqni, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan haq to‘lashning boshqa manbai belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan to‘lagan holda, jalb etishga haqli. Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yig‘ilishi yoki kreditorlari qo‘mitasi mazkur xizmatlar haqini to‘lash majburiyati yuklanadigan, qilgan xarajatlari keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning o‘zi rozi bo‘lsa, tayinlashga haqli.
Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq to‘lash ko‘chmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Qarzdorning garov narsasi bo‘lgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda o‘tkaziladi”;
5) 163-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “baholashdan o‘tkazishi” degan so‘zlar “baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda) 293-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytida mavjud bo‘lgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 58-moddaning o‘ninchi qismidagi “mustaqil ekspert tekshiruvidan o‘tkazilishi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi”;
3) 491-moddaning ikkinchi qismidagi “mustaqil auditorning korxona tarkibi va uning qiymati to‘g‘risidagi xulosasini” degan so‘zlar “auditorlik xulosasini, baholash to‘g‘risidagi hisobotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga haqli”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 33-moddaning oltinchi qismidagi “mustaqil narxlovchi chiqarishi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilot baholashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “xolis baholovchini” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan 548–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 178-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda) 179-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan olib qo‘yilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash baholovchi tashkilot, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim hollarda esa bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismidagi “baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladigan mutaxassisni” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “mutaxassisni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “baholanishi” degan so‘z “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholanishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “mutaxassisni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochisi tomonidan xatlangan mol-mulkni baholashni amalga oshiruvchi baholovchi tashkilotlarni tanlab olish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydi”;
2) 84-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisidagi “mutaxassislarni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ–58-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda) 16-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “baholovchi xulosasi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda) 135-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi: “baholovchi tomonidan” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–155-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 19-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari” degan so‘zlar “baholash to‘g‘risidagi hisobotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash uchun ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertizani tashkil etish hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish maqsadida sug‘urtalovchiga o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining so‘roviga binoan taqdim qilishi shart.
Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish sug‘urta hodisasi mavjudligini to‘g‘ri belgilash, o‘tkazilgan baholash natijalari esa majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan shikastlangan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasi yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani tashkil etishga, shuningdek jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
Sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, agar ular o‘rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, ko‘zdan kechirishi, uning mustaqil ekspertizasini va baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi shart.
Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mol-mulkni sug‘urtalovchi, ekspert va (yoki) baholovchi tashkilot joylashgan erda ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yo‘l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza va baholashdan o‘tkazish shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan erda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda amalga oshiriladi.
Agar sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirmagan, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etmagan bo‘lsa, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘zdan kechirish uchun taqdim etmagan holda ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sug‘urtalovchi mustaqil ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza va baholash qiymati sug‘urtalovchi tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zarar tarkibiga kiritiladi.
Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug‘urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovda jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga haqli”;
ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “mustaqil baholash dalolatnomalari” degan so‘zlar “baholash to‘g‘risidagi hisobotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismidagi “(baholashni)” degan so‘z “hamda baholashdan o‘tkazishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
LexUZ sharhi