Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.01.1997 yildagi PF-1693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 3-noyabrdagi PF-1879-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kirgan. Mazkur Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi fanining ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda ilmiy muassasalarning roli va mas’uliyatini kuchaytirish, respublika agrosanoat majmuidagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi umumiy yig‘ilishining uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi tashkilotlar birlashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi idoraga qarashligidan qat’i nazar, agrosanoat majmui sohasida respublika ilmiy muassasalari va Oliy o‘quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda, markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini eng avvalo qishloq xo‘jaligi tarmoqlari chuqur o‘rganishga va uni kelajakda rivojlantirishning prinsipial yo‘nalishlarini ishlab chiqishga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining aniq amaliy vazifalarini hal etishga yo‘naltirgan holda quradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘laroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat majmuining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xo‘jaligining samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘oriladigan va lalmi yerlarning unumdorligini hamda samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berishning, chorva mollari va parranda o‘stirishning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya va urug‘chilik, naslchilik ishi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiyaga oid yutuqlarni sinab ko‘rish va muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini rivojlantirish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini hamda mas’uliyatini rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yuqori samarali, ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xo‘jalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni shakllantirish muammolarini hal etish yo‘llarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori unum bilan ishlaydigan, mustahkam va tejamkor qishloq xo‘jaligi mashinalari va mexanizmlarning yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orishning ilg‘or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg‘or tajribasini o‘rganish va ijodiy qo‘llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijda qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy tadqiqot tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalarini mustahkamlash va ilmiy texnik ishlanmalarni hayotga samarali joriy etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining bo‘linmalari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining amaldagi barcha imtiyozlari, shu jumladan, gonorarlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga akademiya tarkibida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘limini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 11-iyundagi 218-son farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1693-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 14-modda)