Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, foydali qazilmalar sanoat zaxiralari va qazib olinishi ko‘paytirilishini ta’minlaydigan mineral-xomashyo resurslari bazasini ildam rivojlantirish kabi pirovard natijalarga yo‘naltirilgan geologik qidiruvlarni olib borishni jadallashtirish va samaradorligini oshirish, respublikaning real iqtisodiyoti yetakchi bazaviy tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasini qayta tashkil etish to‘g‘risida 2010-yil 4-martdagi F-3381-son farmoyishi bilan tuzilgan geologiya-razvedka ishlarini tashkil qilish tizimini o‘rganish va samaradorligini baholash Komissiyasining quyidagilarni nazarda tutgan takliflari ma’qullansin:
“Navoiy KMK” davlat korxonasi tarkibida “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etgan holda respublikaning butun hududida qimmatbaho metallar va uran hamda ularga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olish uchun geologiya-razvedka ishlarini olib borish vazifalarini ushbu korxonaga topshirish;
“Olmaliq KMK” OAJ tarkibida “Rangli metallar geologiyasi” Ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etib, respublikaning butun hududida rangli metallar va ularga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olish uchun geologiya-razvedka ishlarini olib borish, shuningdek kombinat ixtiyoriga berilgan qimmatbaho metallar konlarini qo‘shimcha razvedka qilish va ekspluatatsiya razvedkasini olib borish vazifalarini mazkur kombinatga topshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalari, qora metallar qazib olish uchun geologiya-razvedka ishlarini olib borish, shuningdek hududlarni geologik o‘rganish, geologik tasvirga olish ishlari, foydali qazilma resurslarining istiqbolli maydonlarini aniqlash bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish vazifalarini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasini qayta tashkil etish va uning tegishli tarkibiy bo‘linmalarini “Navoiy KMK” DKga hamda “Olmaliq KMK” OAJga topshirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-martdagi F-3381-son farmoyishi bilan tuzilgan Komissiya zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiya (R.S.Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” OAJ, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2011-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimiga kiruvchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, geologiya-razvedka ekspeditsiyalari va aksiyadorlik jamiyatlarini 1-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda qayta tashkil etilishini ta’minlasin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berildi.
2011-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” hamda “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika bazasi bilan jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
tegishli ravishda qimmatbaho, rangli metallar, uran va ularga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalarga oid geologiya-razvedka ishlarining har yilgi dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishib olish uchun kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda zamonaviy xalqaro tajribani va ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda, qimmatbaho, rangli metallar, uranga oid geologiya-razvedka ishlari tarkibini maqbullashtirish, shuningdek topshiriladigan tuzilmalar xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
“Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” IIMni hamda “Rangli metallar geologiyasi” IIMni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidan topshiriladigan tegishli tuzilmalarning shtat soni chegarasidan amalga oshirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi va uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 52 kishidan iborat markaziy apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining raisiga belgilangan xodimlar soni doirasida qo‘mitaning markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 4-ilovaga* muvofiq tarkibda foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi tuzilsin, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi tugatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” DI)ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (“Sanoatgeokontexnazorat” DI) etib qayta tashkil qilinsin, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish ustidan davlat nazorati Boshqarmasi uning tarkibiga topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
geologiya-razvedka ishlarini olib borishda va konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan ta’minlashda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mutaxassislarini, korxonalar va ilmiy muassasalarning soha ekspertlarini jalb etgan holda, geologiya-razvedka ishlarining hajmi, sifati va haqqoniyligi natijalarini belgilangan tartibda mustaqil tekshirishni olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalanishga litsenziya beriladigan yer qa’ri uchastkalarini dastlabki tarzda o‘rganib chiqish, shuningdek keyinchalik foydali qazilmalarni qazib olishning kelishilgan hajmlariga va konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan smetalarga muvofiq umumiy summaning 90 foizi miqdorida geologiya-razvedka ishlariga budjetdan mablag‘ ajratib, har yili ajratiladigan mablag‘ning qolgan 10 foizini foydali qazilmalar zaxiralarini va geologiya-razvedka ishlarining amaldagi hajmlarini o‘stirish bo‘yicha prognoz (topshiriq)ning bajarilishi natijalariga qarab keyingi yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda to‘lasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining parametrlarida “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJga geologiya-razvedka ishlarining tasdiqlangan dasturlariga va mazkur qarorga muvofiq ularga topshiriladigan vazifalarni hisobga olgan holda budjetdan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar boshqaruv xodimlarining attestatsiyasini tashkil etsin;
uch oy muddatda 2011 — 2016-yillardagi geologiya-razvedka ishlari Dasturini tasdiqlasin, unda geologiya-razvedka ekspeditsiyalari, xizmatlari va boshqa tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJ geologiya-razvedka ishlarini olib borish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yili tasdiqlaydigan ro‘yxatlari bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, materiallar, maxsus transport vositalari, dasturiy hamda texnik vositalar, shuningdek ularning ehtiyot qismlari 2017-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-yanvardagi PQ-568-son qarorining 4-bandi hamda uning 2 va 3-ilovalari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-yanvardagi 24-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda:
ikki oy muddatda ochiq savdo natijalari bo‘yicha litsenziyalar berishni va konlardan tajriba-sanoat ko‘lamida foydalanishning cheklangan normalari belgilanishini nazarda tutgan holda, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.