O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Umumxalq bayrami 9-may Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek 1941 — 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 56 yilligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 6000 (olti ming) so‘m miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu qarorni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda to‘lanishini ta’minlasinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz erkinligi va sha’ni himoyachilarini sharaflashga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar, ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazilishini tashkil etish topshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-aprel,
194-son