Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.03.1999 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JAMOAT TARTIBINI MUSTAHKAMLASh VA JINOYATChILIKKA QARShI KURAShNI KUChAYTIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 16-fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan, odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan, fuqarolarga, davlat va jamoat tashkilotlariga moddiy va ma’naviy zarar yetkazgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan, shuningdek uy-joy va noturar joy binolaridan O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va xavfsizlikka, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlar sodir etish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek binolarning egalari tomonidan uy-joy va noturar joy binolari berilgan shaxslar tomonidan davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, qo‘poruvchilik, terrorizm, bosqinchilik, talonchilik, qasddan odam o‘ldirish hamda boshqa o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar sodir etish hollari aniqlangan taqdirda ushbu binolar tegishli huquqni muhofaza qilish organlarining surishtiruv va tergov organlari qarori bo‘yicha ular o‘zgalarga berilmasligi uchun xatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ayblanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi isbotlangan bo‘lsa, u ushlangan yoki qidiruvda bo‘lsa, shuningdek ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin ushbu uy-joy va noturar joy binolari belgilangan tartibda davlat daromadiga musodara qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sudi bilan birgalikda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri S.M. Mirsafoyev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori U.Ch. Xudoyqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-son