Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.10.1999 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KEYS KORPOREYShN” KOMPANIYASI IShTIROKIDAGI QO‘ShMA KORXONALAR TOMONIDAN YETKAZIB BERILADIGAN QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI UChUN O‘Z VAQTIDA HISOB-KITOB QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqqa yetkazib beriladigan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va traktorlar uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1999-yil 1-oktabrdagi holatiga ko‘ra budjetga — 1100 mln so‘m, Pensiya jamg‘armasiga — 505 mln so‘m va Yo‘l jamg‘armasiga — 75 mln so‘m miqdoridagi muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarining to‘lash muddati, bo‘shab qolgan mablag‘larni “O‘zKeysMash” qo‘shma korxonasidan “Keys-2022” paxta terish mashinalari sotib olishga yo‘naltirgan holda, 2001-yil 1-oktabrgacha uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Paxta-bank” “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1080 mln so‘m miqdoridagi debitorlik qarzi bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobiga faktoring operatsiyalarini amalga oshirsin, mablag‘larni “Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun haq to‘lashga yo‘naltirsin, keyinchalik “Paxta-bank”ka qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan, 2-kartoteka holatidan qat’i nazar, paxta xomashyosi, don, sholi uchun avans va hisob-kitob qilishga transhlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan to‘lansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank”ning “Keys Korporeyshn” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha 920 mln so‘m miqdoridagi 15 foizli avans to‘lovni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 410-son qaroriga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalariga ilgari berilgan kreditlarni to‘lash muddatini 2002-yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha “Paxta-bank”ka berilgan kafolatlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalarining 1999-yil oktyabr—dekabrdagi budjetga to‘lovlari muddati, mablag‘larni “Keys-2022” paxta terish mashinalari hamda “MX-135” va “SX-100” traktorlari uchun haq to‘lashga maqsadli yo‘naltirgan holda, uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1999-yilning oktyabr — dekabri uchun hisoblangan soliqlar summasining teng ulushlarda 2000-yilning birinchi yarim yilligida undirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Paxta-bank” “Kamminz” dvigatellari bilan jihozlangan texnikadan foydalanuvchilarning hisob-kitoblarini, ko‘rsatib o‘tilgan dvigatellarga texnika xizmati ko‘rsatish va ularni tuzatish uchun tushadigan mablag‘larni “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining maqsadli hisobvaraqlariga o‘tkazib, keyinchalik ulardan “Kamminz” firmasi bilan hisob-kitob qilishda foydalangan holda, amalga oshirishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480-son