13.01.1992 yildagi 509-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1992-yilning 1-iyunidan amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1992-yilning 1-iyunigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarini buzganlik toʻgʻrisidagi materiallarni rasmiylashtirish va qarab chiqish chogʻida davlat avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari qonuniylikni buzishlari hamda suiisteʼmol qilishlarining oldini olish va payini qirqish boʻyicha, shuningdek shaxsiy sostav faoliyati ustidan zarur nazorat oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarning samarali sistemasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalari buzilishining xillanishi hamda hisobga olinishini takomillashtirish maqsadida respublika hududida haydovchi guvohnomasining talonini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi guvohnomasi va uning talonini olib qoʻyish, transport vositalaridan foydalanishni man etish, fuqarolarni yoʻl harakati qoidalariga oid bilimlarini tekshirishga yuborish tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarini buzganlik boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yurgizishga doir yoʻriqnomani tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida ichki ishlar idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan tobelik boʻyicha yuqori turuvchi idoraga hamda amaldagi qonunlarga muvofiq sudga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, ichki ishlar idoralari (militsiya) yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy tartibda soladigan jarimalar summasining 20 foizi yoʻl harakati havfsizligi tadbirlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobiga oʻtkaziladi, jarima summasining qolgan qismi esa jarma solingan joydagi nohiya va shahar budjetiga kelib tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmasiga binoan 1992-yilning 1-apreliga qadar haydovchilik guvohnomasi talonlarini, shuningdek yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya va bayonlar blankalarini zarur miqdorda tayyorlab bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 157-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)