Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FAYZULLA XOʻJAYEV TAVALLUDINING 100 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Atoqli davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xoʻjayevning Oʻzbekiston tarixida tutgan alohida oʻrnini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. F. Xoʻjayev tavalludining 100 yilligi 1996-yilda mamlakatimizda keng miqyosda nishonlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov huzurida ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tuzilsin.
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markaziga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
1996-yilning may oyida OʻzFA zalida F. Xoʻjayev yubileyi kyechasini oʻtkazish;
Toshkentda F. Xoʻjayev ijodiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya oʻtkazish;
F. Xoʻjayev haqidagi xotiralar toʻplamini nashrga tayyorlash;
F. Xoʻjayev hayoti va ijodi boʻyicha keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi F. Xoʻjayevning asarlarini, u haqdagi xotiralar toʻplami, risolalarni nashr etishni rejalashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markaziy bank huzuridagi Maxsus ishlab chiqarish korxonasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda F. Xoʻjayev siymosi aks ettirilgan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga F. Xoʻjayev yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirish topshirilsin.
6. Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasi F. Xoʻjayev hayoti .va ijodi haqida hujjatli film yaratsin.
7. Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga F. Xoʻjayevning hayoti va faoliyati haqida turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar va maqolalar tayyorlash topshirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi F. Xoʻjayev yubileyini oʻtkazish xarajatlarining respublika budjetidan qoplanishini nazarda tutsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 22-fevral,
69-son