Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.04.1995 yildagi 155-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO VILOYATIDA NEFTNI QAYTA IShLASh ZAVODI QURILIShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining zavodning texnologiya qismini Fransiyaning “Teknip” firmasi foydalanishga tayyor holda qurishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi “Teknip” firmasi bilan, kreditlarni sugʻurta qilish xarajatlarini hisobga olmagan holda, jami qiymati 672,1 mln. fransuz franki, 9864,7 mln. yapon yeni va 53,4 mln. Amerika dollari (Kontraktda qayd etilgan hisob-kitob kurslari boʻyicha 262 mln. AQSh dollariga teng) boʻlgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi toʻgʻrisidagi Kontraktni imzolasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, loyiha boʻyicha valyuta xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyiha uchun KOFAS (Fransiya) kredit agentligi hamda Yaponiya va AQShning eksport-import banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika valyuta jamgʻarmasining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning kreditlarini va Respublika valyuta jamgʻarmasining kreditini toʻlash 1998 — 2006-yillarda “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda eksport-kredit agentliklari bilan kredit bitimlari ishlab chiqilishi va tuzilishini tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan kreditlarni zavod qurilishining buyurtmachisi — “Oʻzneftqaytaishlash” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga mablagʻ sifatida bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga ushbu loyiha uchun olinadigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda eksport-kredit agentliklarining talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalarni rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika valyuta jamgʻarmasidan Kontraktda qayd etilgan kurs boʻyicha 138,5 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan, shu jumladan, avans toʻlash va kontrakt boʻyicha birinchi navbatdagi toʻlovlar uchun 1995-yilda 69,7 mln (may — 42,7 mln, avgust — 27,0 mln); loyihani mablagʻ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq 1996-yilda — 49,2 mln va 1997-yilda — 19,6 mln AQSh dollariga teng miqdordagi Kontrakt valyutalaridagi Kreditni “Oʻzneftqaytaishlash” birlashmasiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi bilan birgalikda zavodning texnologik qurilmalari uchun katalizatorlar tayyorlashga litsenziarlardan texnik talablar olingandan keyin qimmatbaho metallar bilan taʼminlashga oid taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Teknip” firmasi bosh kontraktor sifatida va ushbu loyiha boʻyicha uning xorijiy subpudratchilari soliq toʻlashdan ozod qilinsin, obyektda ishlovchi ajnabiy fuqarolardan olinadigan daromad soligʻi, import qilinadigan asbob-uskunalar va materiallardan boj poshlinasi va yigʻimlar undirish ham shu jumlaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov, R.R. Yunusov, B.S. Hamidov va Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155-son