Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.10.1993 yildagi 489-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA TOShKENT ShAHRI MADANIYATI KUNLARINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining qardoshlarcha do‘stligini yanada mustahkamlash, milliy madaniyatlarining bir-birini o‘zaro boyitishi jarayonini chuqurlashtirish, Toshkent shahri madaniyati va san’ati yutuqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Qoraqalpog‘istonda Toshkent shahri madaniyati kunlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanib, 1993-yil noyabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent shahri madaniyati kunlari ishtirokchilarining soni 150 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi (A. Fozilbekov)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent shahri madaniyati kunlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni zarur bosma materiallarni chop etishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi madaniyat kunlari qatnashchilarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borishi va kelishi bilan bog‘liq masalalarni chop etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, gazetalar tahririyatlariga Toshkent shahri madaniyati kunlarini tayyorlash va o‘tkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent shahri madaniyati kunlarini o‘tkazish munosabati bilan sarflangan mablag‘lar taqdim etilgan sarf-xarajatlar ro‘yxatiga binoan Toshkent shahri mahalliy budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Qoraboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi R. Yo‘ldoshev va Toshkent shahar hokimi A. Fozilbekov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489-son