18.04.2008 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020
Hujjat 23.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va davlat boji to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga asosan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. SK 328-moddasining 2-bandiga muvofiq xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji quyidagilardan undiriladi: da’vo arizalaridan; tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan; nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish to‘g‘risidagi arizalardan; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalardan; xo‘jalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlari ustidan berilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan; hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan; xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. XPK 112-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq, agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’vo arizasida da’voning bahosi ko‘rsatilishi kerak. Da’vo bahosining ko‘rsatilishi davlat boji to‘g‘ri to‘langanligini tekshirish uchun zarur, chunki belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘lanmaganda, xo‘jalik sudi XPK 118-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq da’vo arizasini qaytaradi, davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4.3. XPK 115-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha talabni bitta da’vo arizasida birlashtirishga haqli. Bunday hollarda da’vo bahosi barcha talablarning summasiga qarab aniqlanadi. SK 337-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashgan da’vo talablari alohida ish yuritish uchun ajratilgan taqdirda, da’vo taqdim etilganda to‘langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yuritishga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor to‘lanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish XPKning 33-moddasiga asosan boshqa xo‘jalik sudiga ko‘rish uchun o‘tkazilganda, sud tomonidan avval to‘langan davlat boji (pochta xarajatlari) inobatga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4.4. XPK 92-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra da’voning bahosiga da’vo arizasida ko‘rsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar da’vo arizasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlarni undirish to‘g‘risidagi talablar mavjud bo‘lsa, da’vo bahosiga ushbu foizlar ham kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.5. Bir necha da’vogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan XPK 37-moddasining birinchi qismi tartibida da’vo taqdim etilganda, davlat boji da’voning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va da’vogarlar tomonidan ular qo‘ygan talablar ulushiga mutanosib tarzda to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.7. XPK 106-moddasiga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. SK 337-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud dastlabki da’vogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda to‘lashi kerak. Xo‘jalik sudlari nazarda tutishlari kerakki, ushbu holda dastlabki da’vogar tomonidan to‘langan davlat boji unga qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. SK 336-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat boji, agar SKning XVII bo‘limida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, xo‘jalik sudiga murojaat qilingunga qadar to‘lanadi. Bunda da’vogar da’vo taqdim qilganda, javobgar qarshi da’vo taqdim qilganda (XPK 120-moddasining ikkinchi qismi), da’vo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ariza taqdim qilganda davlat boji to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. XPK 91-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq alohida hollarda xo‘jalik sudi da’vogarning arizasiga ko‘ra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqli. Shuni nazarda tutish kerakki, xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganda ham davlat bojini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ruxsat berishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7.5. SK 337-moddasining yigirma yettinchi qismiga ko‘ra aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da’vo bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini to‘lash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. SK 336-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat boji naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. SKning 327-moddasiga muvofiq yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir. Shundan kelib chiqib, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat boji ishda ishtirok etmayotgan shaxs tomonidan to‘lanishi mumkin emas. Agar davlat boji da’vogar (arizachi) yoki apellatsiya yoxud kassatsiya shikoyati beruvchi shaxs o‘rniga boshqa shaxs tomonidan to‘langan bo‘lsa (korxona uchun uning rahbari yoki ta’sischisi tomonidan davlat boji to‘langan hollar bundan mustasno), davlat boji haqiqatda to‘lanmaganligidan kelib chiqish hamda, shunday ekan, da’vo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati tegishincha XPK 118-moddasi birinchi qismining 5-bandi, 162-moddasi birinchi qismining 3-bandi va 180-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat bojini qaytarish asoslari va tartibi SKning 342 moddasida va XPKning 93-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ularga ko‘ra davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak: qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda davlat boji to‘langanida; arizani (shikoyatni) qabul qilish rad etilganda; ariza (shikoyat) da’vogarga qaytarilganda; agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa; da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan bo‘lsa; agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa; sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Shuni hisobga olish kerakki, umumiy qoida bo‘yicha ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa da’vogardan undiriladi. Shu bilan birga SK 342-moddasi birinchi qismining 4, 6, 7 va 9-bandlariga muvofiq: ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa; da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilganda; ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot tugatilgan hollarda, davlat boji qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Neustoyka miqdori xo‘jalik sudi tomonidan asosli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, da’vogarning davlat boji bo‘yicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi mumkin bo‘lgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. XPK 93-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra davlat boji to‘langan, lekin xo‘jalik sudiga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha hamda bojini to‘liq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari bo‘yicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat bojini qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-aprelda 1560-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjeti ijrosini moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. XPK 95-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat boji ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21.3. XPK 95-moddasining uchinchi qismida agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo‘natmaslik) oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, xo‘jalik sudi ishning natijasidan qat’i nazar, davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqliligi nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. XPK 138-moddasining to‘qqizinchi qismiga muvofiq hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida davlat boji bo‘yicha sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi haqida ko‘rsatiladi. Ushbu qoida ishni ko‘rish ish yuritishni tugatish va da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlangan hollarga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Davlat bojini to‘lashdan ozod qilish asoslari SKning 330-moddasi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, davlat bojini to‘lashdan ozod qilish deganda to‘liq ozod qilish yoxud xo‘jalik sudiga da’vo arizasi (ariza) berganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudga murojaat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 2-bandining “a” — “g” va “e” kichik bandlarida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar. Bunda kichik biznes subyektlarining maqomi da’vo arizasiga ilova qilinadigan xo‘jalik sudiga murojaat qilingan sanadan ko‘pi bilan o‘ttiz kun oldingi sana qayd etilgan statistika organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26.3. SK 330-moddasining 30-bandiga muvofiq mulkdorlar xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinadi.
26.4. Sudlarning e’tibori SK 330-moddasining 31-bandiga ko‘ra huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha arizachi va javobgar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinganligiga qaratilsin. Sud hujjatlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganda ham ularga nisbatan ushbu imtiyoz tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26.5. SK 330-moddasining 25-bandiga ko‘ra., yuridik va jismoniy shaxslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlari bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday talab qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan undiriladi, talabni qanoatlantirish rad etilgan holda, esa davlat boji arizachidan undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26.6. SK 330-moddasining 32-bandiga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha xo‘jalik sudlarida davlat bojidan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 13-moddasining birinchi qismiga va SK 330-moddasining 6-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari davlat boji to‘lamasdan sudga Palata a’zolari manfaatlarini ko‘zlab da’vo taqdim etish, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish huquqiga ega, bunda ushbu huquqlar u tomonidan tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga o‘tkazilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
28. SK 330-moddasining 21-bandiga ko‘ra xo‘jalik sudlarida da’vogarlar va javobgarlar sifatida qatnashayotgan davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan. Ammo, shuni nazarda tutish kerakki, davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan javobgarga berilgan da’vo talablari qanoatlantirilganda, da’vogarga davlat boji bo‘yicha qilingan xarajatlari qoplanadi. Shu munosabat bilan xo‘jalik sudi javobgar — davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan davlat organidan davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni da’vogar foydasiga undirish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Xo‘jalik sudiga yuridik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning manfaatida prokuror, davlat va boshqa organ tomonidan berilgan da’voni qanoatlantirish rad etilganda (ish yuritish tugatilganda, da’vo ko‘rmasdan qoldirilganda), manfaatlari himoya qilinib da’vo berilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi, XPK 86-moddasining 7-bandiga asosan kelishuv bitimi tasdiqlanishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bundan mustasno. Mazkur qoida manfaatlari himoya qilinib da’vo berilgan shaxsning o‘zi, ya’ni da’vogar tomonidan XPKning 40-moddasi tartibida da’voning predmeti o‘zgartirilganda yoxud da’vo talablarining miqdori ko‘paytirilganda, da’voning ushbu o‘zgartirilgan (ko‘paytirilgan) qismi bo‘yicha qo‘llanilmaydi, SKning 330-moddasiga asosan davlat boji to‘lashdan ozod etilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.