Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.12.1996 yildagi 429-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KEYS KORPOREYSHN” KOMPANIYASINING SHUDGORLASH TRAKTORLARI VA GʻALLA OʻRISH KOMBAYNLARINI XARID QILISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini jahon darajasidagi yuqori unumli texnika bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi 1997-yilning birinchi choragida 400 ta “Magnum” traktori va 200 ta “Keys” gʻalla oʻrish kombayni yetkazib berish yuzasidan 79,5 mln AQSH dollari summasiga “Keys korporeyshn” (AQSH) korporatsiyasi bilan kontrakt tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi (11,9 mln AQSH dollari) “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 85 foizi (67,6 mln AQSH dollari) va sugʻurta mukofoti AQSHning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostida xorijiy bank krediti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kreditini va foizlarni toʻlash “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, sotib olinayotgan import qishloq xoʻjaligi texnikasi tegishli texnik bazasi, malakali haydovchilari va mexaniklari boʻlgan, servis xizmati koʻrsatiladigan mashina-traktor parklari tashkil etilgan viloyatlar va tumanlargagina ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ.T. Sultonov, Q.Gʻ. Obidov mashina-traktor parklari tarmogʻini kengaytirish va koʻrsatib oʻtilgan texnikalarga servis xizmati koʻrsatilishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri AQSHning Eksim-banki sugʻurta qoplamasi ostida mazkur kontrakt boʻyicha jalb qilinadigan kredit yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimini tuzsin va AQSHning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostidagi xorijiy bank mablagʻlarining “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mazkur kontrakt boʻyicha respublikaga keltiriladigan traktorlar va kombaynlar uchun boj poshlinalari hamda yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”. davlat-kooperativ qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha mazkur kontraktni amalga oshirishga jalb qilingan “Keys korporeyshn” kompaniyasi xodimlariga, ularni vizalarni rasmiylashtirganlik uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-son