Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.10.1996 yildagi 367-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-YILNING 9 OYIDA OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA ISLOHOTLARNING BORIShI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, joriy yilning 9 oyida birinchi yarim yillikda erishilgan iqtisodiyotdagi ijobiy siljishlarni mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiy barqarorlashtirish taʼminlandi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1995-yilning tegishli davridagiga nisbatan 101,5 foizni, sanoat mahsulotlari 105,7 foizni, isteʼmol tovarlari 107,1 foizni tashkil qildi. Inflatsiya darajasi 1,3 baravar qisqardi. Budjet kamomadi belgilangan parametrlardan oshmadi. Chakana savdo tovar aylanishi 24,6 foizga, pulli xizmatlar koʻrsatish 8,9 foizga, aholining real daromadlari 14,2 foizga koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning III choragida naqd pul emissiyasi belgilangan topshiriqdan — 3,8 band past boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga 96,9 mlrd soʻm kapital mablagʻlar (oʻtgan yilgi darajaga nisbatan 101 foizi oʻzlashtirildi. Ishlab chiqarish qurilishiga investitsiyalar jami hajmining 61 foizi yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va Toshkent traktor zavodi kabi yirik tuzilmalar, “Oʻzbekkino” kompaniyasi davlat-aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 9 oyida 27 mingdan ortiq, asosan qishloq joylarda, kichik va xususiy korxonalar roʻyxatdan oʻtkazildi. Ularning umumiy soni 1-oktabrdagi holatga koʻra 91 mingtadan oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat sektorining ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish umumiy hajmidagi ulushi koʻpaydi. U sanoatda 51 foizni, qishloq xoʻjaligida 98 foizni, qurilishda 64 foizni, savdoda qariyb 95 foizni tashkil qildi. Umuman xalq xoʻjaligi boʻyicha nodavlat sektorida band boʻlganlar soni 70 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, agrosanoat majmuida islohotlar jarayoni, mulkchilikka munosabatni oʻzgartirish qoniqarsiz amalga oshirilmoqda. Qishloq joylarda bozor infratuzilmasini shakllantirish choʻzilib ketdi, qishloq xoʻjaligi korxonalarida xoʻjalik yuritish usullari va shakllari, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, boshqarish tizimi oʻzgarmadi. Tegishli tarmoqlar vazirliklari, idoralari rahbarlari ishlarining sustligi tufayli Qishloq xoʻjaligi vazirligi (topshiriqdagi 162 ta oʻrniga 125 ta), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (124 ta oʻrniga 70 ta), Davlat oʻrmon qoʻmitasi (13 ta oʻrniga 3 ta), “Oʻzsuvqurilish” konserni (119 ta oʻrniga 76 ta) tomonidan xususiylashtirish boʻyicha 9 oylik topshiriqlari bajarilmadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori yetarli faollik bilan rivojlanmayapti, aksiyalar aholiga zarur darajada sotilmayapti. Masalan, Xorazm viloyatida sotilishi nazarda tutilgan 254 mln soʻmlik aksiyalarning amalda 127,6 mln soʻmligi yoki 50,1 foizi sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtida toʻlanmagan qarzlarni va ajratmalarni respublika hamda mahalliy budjetlarga undirish boʻyicha ish pas sust yoʻlga qoʻyilgan. Vaqtida toʻlanmagan qarzlarning eng koʻp summasi metallurgiya, agrosanoat majmui, xalq isteʼmol tovarlari, savdo va xizmatlar koʻrsatish majmui korxonalariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalarida, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konsernida debitorlik va kreditorlik qarzlari darajasi qisqarmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari Yigʻim-terim mavsumini oʻtkazishga zarur darajada tayyorgarlik koʻrishni taʼminlamadilar, buning oqibatida paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda, kuzgi ekinlar ekishda, yerlarni kuzgi shudgorlashda jiddiy qoloqlikka yoʻl qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport boʻyicha topshiriqni “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi (yillik topshiriqning 39,2 foizi), “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (38,8 foizi), “Oʻzkimyosanoat” (32,6 foizi) va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari (27,8 foizi) korxonalari muttasil bajarmay kelishyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yoʻl qoʻyilgan qoloqliklarni bartaraf etish va 1996-yil prognoz koʻrsatkichlarini soʻzsiz bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash boʻyicha yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish, kuzgi ekinlar ekish, yerlarni kuzgi shudgorlash va yem-xashak gʻamlash borasidagi ishlarining yetarli emasligi qayd qilib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi rahbarlariga ular tomonidan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmaganligi, bu ishlab chiqarishning ancha pasayishiga olib kelganligi koʻrsatib oʻtilsin hamda ularga ishlab chiqarish hajmlaridagi qoloqlikning oʻrnini toʻldirish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 1996-yil yakunlari boʻyicha maʼlum qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekyengilsanoat” (Ergashev), “Oʻzeltexsanoat” (Sarimsoqov), “Oʻztayyorlovsavdo” (Qurbonov) uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv (Burxonov), “Mahalliy sanoat” (Qozoqxonov) korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Rahimov) rahbarlarining eʼtibori markazlashtirilgan eksport boʻyicha topshiriqlarning bajarilganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar ishtirokida markazlashtirilgan eksport boʻyicha topshiriqlarni bajarishdagi qoloqliklar sabablarini oʻrgansinlar, ularning qanday bajarilayotganini muntazam ravishda koʻrib chiqsinlar va belgilangan parametrlarni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda paxta yigʻim-terimini tugallash, yem-xashak gʻamlash, kuzgi ekinlar ekish, kuzgi shudgorlash hamda kelgusi yil hosili uchun zamin yaratish boʻyicha barcha chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarning kuz-qish davrida xoʻjaliklararo va xoʻjaliklar ichidagi sugʻorish hamda ariq-zovurlar tarmoqlarini tozalash boʻyicha ishlarning zarur hajmlari toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda nazarda tutilgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining chakana savdo shohobchalarida, ayniqsa qishloq joylarda, mavjud boʻlishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv, savdo shoxobchalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan tovarlarning chakana savdo shoxobchalarida albatta mavjud boʻlishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka, meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlarning qishki saqlashga yetarli miqdorda qoʻyilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moddiy-texnika, ishchi kuchi va moliya resurslarini chorvachilik fermalarini qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashga, yem-xashak resurslaridan oqilona va tejamli foydalanishga jamlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq, statistika organlari, tijorat banklari boʻlimlari hamda tadbirkorlik birlashmalarining tovarlar va xizmatlar koʻrsatish uyushmagan bozorini tekshirish hamda ekspert baholashga doir birgalikda ish olib borishini tashkil etsinlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kassa intizomiga hamda tushumlarning toʻliq topshirilishiga rioya etilishi ustidan pul-kredit siyosati boʻyicha tuman va shahar komissiyalari nazoratini kuchaytirish orqali pul mablagʻlarini banklarga jalb qilish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlum qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 1997-yil uchun mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va ishlatish balansini hamda ularning viloyatlar boʻyicha taqsimlanishini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi respublikaning 1997-yilda tovarlar (ishlar, xizmatlari eksportga yetkazib berish prognozini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlashga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda 1996-yilning 9 oyidagi toʻlov muddati oʻtgan debitorlik-kreditorlik qarzlarining ahvolini tahlil qilsin, uning asosida ularni keskin qisqartirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda, Respublikaning 1997-yilgi investitsiya dasturini, mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlagan holda, bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Marketing faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlarining sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majmuilari koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar dasturini bajarishda amaliy yordam bersinlar, bunda isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan hajmlarning bajarilishini taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining tarmoq majmuilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda vazirliklar va idoralarning takliflarini koʻrib chiqsinlar hamda 1997-yilgi xususiylashtirish dasturiga kiritish uchun obyektlar roʻyxatini aniqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va birlashmalar 1997-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishni va tovarlar oldi-sotdisining kontraktlar tuzishdan oldingi ishlanmalarini shu yilning IV choragida tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarruflaridagi ayrim obyektlarni qishga tayyorlash muddatlarining barbod qilinganligi sabablarini koʻrib chiqsinlar hamda shu yilning 5-noyabrigacha ularni qish davriga tayyorlashni tugallashni taʼminlasinlar. Korxonalarning, qish oylarida ularga tabiiy gaz yetkazib berish qisqarganda, uzluksiz ishlashini taʼminlaydigan miqdorda suyuq va qattiq yoqilgʻi zaxiralari yaratilsin. Obyektlarni qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashdagi uzilishlarda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qattiq taʼsir oʻtkazish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-son