17.05.2010 yildagi 93-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2019
Hujjat 17.05.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda elektr ta’minotining ishonchliligini ta’minlash va elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Mazkur Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilgan hollarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari o‘lchovi va ularning rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z qaramog‘ida bo‘lgan korxona tomonidan belgilanadi. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘llar, kirish yo‘llari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.