Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.04.1996 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SELLYULOZA VA YuQORI SIFATLI QOG‘OZ IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xalq xo‘jaligining sellyuloza va yuqori sifatli qog‘ozga bo‘lgan talabini qondirish, ularning import qilinishini qisqartirish va mahalliy xomashyo manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasining Angrendagi “Promkartontorg” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida poxoldan 10 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaruvchi quvvatlar ishga tushirilganligi va ushbu korxonada shunga o‘xshash qo‘shimcha quvvatlar joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi va “O‘zbekmebel” DABning 1996-1997-yillarda quvvatlarni “Yangiyo‘lmebel” ishlab chiqarish-tijorat shirkatining mavjud maydonlariga joylashtirgan holda Yangiyo‘l tumanida paxta lintidan yiliga 25 ming tonna sellyuloza va 12 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan sellyuloza-qog‘oz fabrikasini barpo etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekmebel” DAB, “O‘zog‘irsanoat” instituti “Bummash Xolding” (Rossiya) aksionerlik birlashmasi bilan birgalikda uch oy muddatda sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni, 1996-yilning 31-dekabrigacha esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasi qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi chizmalari bo‘yicha obyektlarni bir yo‘la loyihalashga, qurishga va mablag‘ bilan ta’minlashga (loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar), istisno tariqasida, ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi (Hamidov) mazkur ishlab chiqarishning xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini hisobga olib “O‘zbekmebel” DAB “Sellyulozaqurilish” direksiyasiga qurilish va asbob-uskunalar bilan butlash uchun 590 mln so‘m, keyinchalik konvertatsiya qilish sharti bilan qog‘oz tayyorlash mashinasi olish, loyihalashtirish va mazkur mablag‘lar hisobiga butlash uchun 128 mln so‘m miqdorida kredit ajratish haqidagi masalani ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasiga, istisno tariqasida, banklarning kreditlari uchun hisob-kitob tugaguniga qadar qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘la hajmda ushbu kreditlarni uzish uchun yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekmebel” DAB (Maqsudov)ning sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi quvvati kredit ajratilgan kundan e’tiboran bir yil-u uch oy mobaynida ishga tushirilishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (G‘afurov) 1997-yildan boshlab paxta linti ishlab chiqarish va undan foydalanish umumiy balansidan “O‘zbekmebel” DABga fabrikaning ishga tushirilish muddati va barpo etilayotgan quvvatlarning o‘zlashtirilishiga qarab sellyuloza ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hajmda lint ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi loyihani belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari M. 3. Usmonov va R. R. Yunusovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-son