O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“KEYS” KORPORATSIYASI ISHTIROKIDAGI QO‘SHMA KORXONALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Keys” korporatsiyasi ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tomonidan qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan texnika va ko‘rsatilayotgan servis va lizing xizmatlari qiymatini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, “Keys” korporatsiyasi tomonidan qo‘shma korxonalarning ustav fondiga ulush sifatida olib kelinayotgan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari, butlovchi buyumlar, transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar va bojlarning barcha turlaridan ozod qilinadi.
2. “O‘zKeysmash”, “O‘zKeysTraktor”, “O‘zKeysservis” va “O‘zKeysagrolizing” qo‘shma korxonalari besh yil muddatga:
texnika ishlab chiqarish hamda lizing va servis xizmatlari ko‘rsatish uchun import qilinayotgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika resurslariga O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi barcha boj to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar va bojlar)dan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan texnikaga hamda ko‘rsatilayotgan lizing va servis xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan biznes-rejalar asosida “O‘zKeysmash”, O‘zKeysTraktor”, “O‘zKeysservis” va “O‘zKeysagrolizing” qo‘shma korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis va lizing xizmatlari ko‘rsatish uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallarni import qilishga doir kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazsin.
6. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi “O‘zKeysmash”, “O‘zKeysservis”, O‘zKeysagrolizing” va “O‘zKeysTraktor” qo‘shma korxonalarini yetkazib berilgan texnika, ehtiyot qismlar va ko‘rsatilgan servis va lizing xizmatlariga haq to‘lash uchun 23202-maxsus schyot bo‘yicha avans to‘lovlari hisobiga maxsus transhlarga kiritishni nazarda tutsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 3-dekabr,
508-son