Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009 28.08.2002 yildagi PF-3122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LIZING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik biznesni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida:
(Farmonning kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing to‘lovlari — qo‘shilgan qiymat solig‘idan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, bojxona to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq to‘lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing beruvchini soliqqa tortish chog‘ida u lizingga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to‘lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birga amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda agar lizing oluvchi lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda lizing beruvchining lizing oluvchidan lizing obyektini olib qo‘yish tartibiga oid takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bir hafta muddatda tegishli normativ hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3122-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 145-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda)